Turkiya şarqida vertolyot qulab tuşişi oqibatida töqqiz nafar harbiy xizmatçi halok böldi. Bu haqda Ihlas agentligi xabar bermoqda.

 "Quruqlikdagi qöşinlarimizga qaraşli Cougar vertolyoti soat 13:55da Bingöldan Tatvanga yöl olgan. Soat 14:25da u bilan aloqa uzilgan. Töqqiz nafar harbiy halok bölgan, yana tört nafari jarohatlangan", - deyiladi Turkiya milliy mudofaa vazirligi xabarida.

Agentlikning ma'lumot berişiça, hodisa joyiga harbiylar, tez yordam va qutqaruvçilar guruhi jönatilgan.