Toşkent şahrida yaşovçi fuqarolardan biri Kun.uz'ga murojaat qilib, öğli bilan bölgan noxuş holatni sözlab berdi. Uning aytişiça, şu yil 28 fevral kuni 11 yoşli öğli Çilonzor tumanidagi uyidan amakisining uyiga boriş uçun qora rangli «Neksiya-3» rusumli taksiga çiqadi.

Maşinada haydovçidan taşqari yana bir yölovçi ham böladi. Haydovçi bu yölovçini Çilonzor tumanida tuşirib qoldiradi, keyin yana bir ayol yölovçini oladi. Bu vaqt oraliğida murojaatçining öğli ham maşinada bölgan.

«11 yoşli öğlim haydovçidan Çilonzor tumanining 20-mavzesiga olib borib qöyişni söraydi. Lekin haydovçi dastlab maşinasiga olgan ayol yölovçini «Abu saxiy» bozoriga taşlab qöyişini aytib, bolamni özi bilan olib ketadi.

Taksiçi ayolni bozor atrofida tuşirgaç, öğlim bilan maşinada yolğiz qoladi. Şundan söng u bolamni aldab, ovloqroq joyga olib boradi. Öşa joyda maşinam buzilib qoldi, deb töxtab eşiklarni qulflaydi va orqa tarafga, bolamning oldiga ötadi.

Öğlimga: «Sir saqlaşni bilasanmi?» deydi va şimini yeçib, bolamga nisbatan axloqsiz harakatlar qila boşlaydi. Öğlim qörqib, yiğlab qarşilik qilişni boşlaganda, haydovçi «işini» töxtatib, uni aytilgan manzilga olib borib qöygan va bu haqda heç kimga aytma, deb tayinlagan» – deydi bolaning otasi.

Ota darhol «102» orqali içki işlar organlariga murojaat qiladi.

Taksiçi bolani «Ubay ibn Kaab» masjidi (sobiq «Ilon ota») yaqinidagi köp qavatli uylar oldida qoldirgan. Holat bilan şuğullangan Çilonzor tuman IIB masjid taşqarisiga örnatilgan kameralar yordamida bolani taşlab ketgan maşinaga öxşaş ikkita qora rangli «Neksiya-3» avtomobilini aniqlagan.

Biroq taxmin qilingan har ikkala avtomobilning egalari rasmi bolaga körsatilganda, bola haydovçi ular emasligini aytadi. Ayni vaziyatda avtomobillar egalari öz maşinalarini işonçnoma asosida boşqa şaxslarga bergan bölişi mumkinligi istisno etilmayapti.

Bolaning otasi Kun.uz'ga murojaatida IIB xodimlari holatni örganişni paysalga solayotganidan norozi ekanini aytdi.

Toşkent şahar IIBB vakilining Kun.uz'ga bildirişiça, haqiqatdan ham bu hodisa yuzasidan Çilonzor tuman IIBga ariza kelib tuşgan. Hozirça masala yuzasidan jinoyat işi oçilmagan, lekin holat örganilib, aloqador şaxslardan tuşuntirişlar oliş boşlangan.

«IIBB vaziyatdan xabardor va iş borişini öz nazoratiga olgan», – dedi Kun.uz söroviga javob bergan poytaxt IIBB matbuot xizmati xodimi.

Ta'kidlaş joiz, aybdorga nisbatan çora körilmasa, yana boşqa qaysidir gödak uning navbatdagi «ölja»siga aylanmasligiga heç kim kafolat bermaydi.