Korxonalar korporativ poçtalari uçun foydalanadigan Microsoft dasturiy ta'minotiga uyuştirilgan hakerlik hujumi kiberxavfsizlikdagi global inqirozga aylanmoqda, deb yozadi Bloomberg.

Agentlikning qayd etişiça, Exchange Server dasturidagi nuqson sababli dunyo böyiça 60 mingdan ortiq taşkilot hujumga uçragan.

Avvalroq Reuters agentligi AQŞdagi 20 mingdan ortiq taşkilot kiberxatar ostida qolganini xabar qilgandi. Bloomberg suhbatdoşining sözlariga köra, hakerlar imkon boriça köproq kompaniyalarning kompyuter tizimlarini işdan çiqarişga urinmoqda.

Oq uydagi manbaning aytişiça, AQŞ ma'muriyati hakerlar hujumi oqibatlarini baholaş va bartaraf etiş maqsadida barça çoralarni körmoqda.

"Xatar saqlanib turibdi va kuçaymoqda, biz barça internet operatorlarini bunga jiddiy qaraşga çaqiramiz", dedi u.  

Microsoft 2 mart kuni Exchange Server poçta serverlariga hakerlik hujumi uyuştirilgani haqida xabar qilgandi. Kompaniyaning ma'lumot berişiça, hujumlar ortida Xitoydagi Hafnium hakerlik guruhi turibdi.

Hakerlar Microsoft dasturiy ta'minotidagi nuqsonlardan foydalanib poçta manzillariga kirgan. Hafnium yuqumli kasalliklar tadqiqotçilari, yuridik firmalar, oliy ta'lim muassasalari, mudofaa sohasidagi pudratçilar hamda siyosiy tahlil markazlari va nohukumat taşkilotlarga kiberhujum uyuştirgan. 

 Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili Van Venbin Xitoy hukumati kiberhujumlarga qarşi ekanligini va Microsoft dasturiy ta'minotiga qilingan hujumlarga aloqasi yöqligini ma'lum qildi.