Özbekistonning davlat va jamiyat boşqaruvidagi ayollar röyxati yangilandi. Bu haqda “Yuksaliş” umummilliy harakati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, umummilliy harakat mutaxassislari Ijtimoiy va iqtisodiy taşabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda davlat tuzilmalari, muassasalari hamda yirik jamoat taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayollarning röyxatini yangiladi.
“Örganiş natijalari mamlakatda tuzilmaviy va institutsional özgarişlar davom ettirilayotganini, qonunçilik takomillaştirilayotganini hamda ayollarning roli va mavqeyi, ularning siyosiy-ijtimoiy hayotda faolligi ortayotganligini körsatadi”, deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanişiça, röyxatni tuzişda ayollarning fuqarolik jamiyatidagi imiji, ular işlayotgan taşkilotlarning siyosiy kun tartibini şakllantirişi, sohalarni rivojlantirişi hamda ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlarni amalga oşirişga institutsional ta'siri darajasi inobatga olingan.
Avvalroq, Respublika xotin-qizlar jamoatçilik kengaşi taşkil etilayotgani xabar berilgandi.












