Pensiya jamğarmasi ötgan 22 yil davomida qança ayolga 54 yoşdan yoşga doir imtiyozli pensiya tayinlangani haqida ma'lumot berdi. Unga köra, davlat tomonidan 1999 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 martga qadar 457 ming nafardan ortiq (20 yillik mehnat stajiga ega bölgan) ayollarga imtiyozli pensiya tayinlangan.

Xususan, 1999 yilda 4 ming 960 nafar ayolga şunday imtiyoz berilgan bölsa, 2010 yilga kelib bu körsatkiç 22 ming 305 nafarni, 2020 yilda esa 35 ming 584 nafarni taşkil etgan. Hisob-kitoblarga köra, 2021 yil yanvar-fevral oylarida 5 ming 261 nafar ayolga 54 yoşdan imtiyozli asosda yoşga doir pensiya tayinlangan.

Ma'lumot uçun, «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida»gi qonunda ayollar 55 yoşga tölganda va iş staji kamida 20 yil bölgan taqdirda yoşga doir pensiya oliş huquqiga ega bölişi qayd etilgan. Qonunning 12-moddasida esa 20 yillik mehnat stajiga ega bölgan ayollarga 54 yoşdan yoşga doir imtiyozli pensiya tayinlaş mumkinligi belgilangan.

Jamğarmaning ma'lum qilişiça, dunyo va MDH davlatlarining pensiya qonunçiligida ayollarga 54 yoşdan imtiyozli asoslarda yoşga doir pensiya tayinlaş nazarda tutilmagan.

Avvalroq, iş staji töliq bölmagan fuqaroga pensiya qanday tartibda tayinlanişi haqida ma'lumot berilgan edi. Şuningdek, Pensiya jamğarmasi tomonidan iş stajiga ega bölmagan fuqarolarning pensiya oliş huquqi yöqligi eslatilgandi.