Pensiya jamğarmasining eslatişiça, «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida»gi qonunning 1-moddasida iş stajiga ega bölmagan fuqarolar va ularning oilalarida davlat pensiyalarini oliş huquqlari yöqligi belgilab qöyilgan. Bunday fuqarolarning ijtimoiy ta'minlaniş tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ma'lum qilinişiça, qonunning 7-moddasida yoşga doir pensiya oliş huquqiga ayollar 55 yoşga tölganda va iş stajlari kamida 20 yil, erkaklar 60 yoşga tölganda va iş stajlari kamida 25 yil bölgan taqdirda ega bölişlari qayd etilgan.
Avvalroq pensiya tayinlaş uçun yetarliça iş stajiga ega bölmagan şaxslarga yoşga doir pensiyalar kamida 7 yil iş staji mavjud bölgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanişi xabar qilingandi.
Qonun bilan pensiya tayinlaş uçun zarur iş stajiga ega bölmagan qariyalar, mehnatga layoqatsiz fuqarolar yoki bolalikdan nogironligi bölgan farzandi bor onalarga nafaqalar tayinlaş tartibi ham belgilangan. Xususan, 7 yildan kam iş stajiga ega bölgan ayollar 60 yoşga, erkaklar 65 yoşga yetganlarida ularga yoşga doir ijtimoiy nafaqa tayinlanadi.
Eslatmada nogironligi bor fuqarolar Pensiya jamğarmasiga murojaat qilsalar, nogironlik pensiyasi tayinlaş masalasi qonuniy asosda körib çiqilişi ma'lum qilingan.















