12:01 / 09.03.2021
16085

Dush uchun qo‘shjo‘mrak (smesitel)ni qanday qilib tanlash kerak?

Nima uchun biz sizga Hansgrohe mahsulotlarini tavsiya etmoqdamiz?

Vaqt bilan sinalgan sifat izlayapsizmi? Ekologik xavfsizligi tekshirilgan, uzoq vaqt davomida tanlangan kerakli materiallardan yasalgan, chidamliligi zavodimizning 120 yillik tarixi bilan tasdiqlangan, bizning malakali muhandislarimiz tomonidan ishlab chiqilgan ergonomiklik va dizayn sizni qiziqtiryaptimi?

Sizga yuvinish jarayoniga qulaylik va mamnuniyat olib keladigan ishlab chiqarilgan mahsulot borasidagi talab va istaklaringini hurmat qilamiz. Hansgrohe – bu siz ishonishingiz mumkin bo‘lgan sifat!

Qo‘shjo‘mrak (smesitel) tanlashda xaridor nimalarga e'tibor qaratishi kerak?

Avvalo, santexnika va dush uskunasiga ajratmoqchi bo‘lgan mablag‘ingiz haqida gaplashaylik:

  • Agar siz suv shovqini va dushdan tushayotgan tomchining ovozidan holi tun xotirjamligiga ega bo‘lishga tayyor bo‘lsangiz;
  • Ko‘p ishdan chiqadigan qo‘shjo‘mrak (smesitel) yoki dush leykasini yangilash maqsadida qurilish bozorlariga tez-tez borishdan voz kechishni istasangiz;
  • Agar arzon va xavfsiz bo‘lmagan materiallardan qilingan, notanish brendlarning qo‘shjo‘mrak (smesitel) yoki dush leykalarining oilangiz salomatligiga  zarar yetkazishi mumkinligidan xavotir olsangiz;
  • Issiq suv va sovuq suv uchun har oygi to‘lov kvitansiyalaringizdagi summaning kamaytirishni xohlasangiz;

zavodimizning malakali mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan sifatli mahsulotni tanlang. Ushbu mahsulotlarni xarid qilar ekansiz, yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasiga birvarakayiga va uzoq yillar uchun ega bo‘lasiz.

Turli joylarda sotiladigan qo‘shjo‘mrak (smesitel)lar va dush leykalarining narxi o‘rtasidagi farq qayerdan paydo bo‘ladi?

Narxlardagi tafovut, avvalo, santexnika mahsuloti uchun ishlatilgan materiallar va xomashyoning qiymatidan kelib chiqadi. Narxiga yana texnika innovatsiyalari, dizayn va ergonomikani ishlab chiqish, uzoq muddat foydalanishlik, suvni tejash opsiyasi va mahsulotlarni kundalik parvarish qilish kabilar ham ta'sir qiladi. Rasmiy dilerlar do‘konlaridan va distribyuterlardan santexnika buyumlarini xarid qilar ekansiz, original buyumlarning «nusxa»lari yoki «replika»laridan o‘zingizni himoya qilgan bo‘lasiz.

Uy bekalarining oshxonada taom tayyorlashlari uchun qanday qilib qulaylik yaratish mumkin?

Oshxona – bu uyingizning ayollar asosiy vaqtlarini o‘tkazadigan bir qismi. Hansgrohe bilan har bir uy bekasi o‘z individual usuli va didini shunchaki smesitel deb bo‘lmaydigan yuqori texnologik uskuna yordamida namoyon qilishi mumkin. Birgina tugmani bosish orqali suv oqimini nazorat qilish mumkin bo‘lgan Select innovatsion texnologiyasi ushbu buyumdan oson foydalanishga imkoniyat yaratadi. «ComfortZone» opsiyasi esa kastryul yoki qozonlarni yuvishda harakatlarga ko‘proq erkinlik beradi. Hansgrohe oshxona smesiteli bu shunchaki smesitel emas, balki oshxonangizdagi kelajakning bir elementidir. Smesitellarga integratsiya qilingan innovatsion texnologiyalar qulaylik, dizayn va funksionallikda yuqori standartlarni o‘rnatadi. Oshpazlik biznesidagi professionallar tomonidan olingan mukofot va sovrinlar bunga guvohlik beradi. Biz har bir uy bekasi ushbu buyumdan o‘z oshxonasida foydalanishdan mamnun bo‘lishiga ishonamiz.

Qanday qilib dush leykasini to‘g‘ri tanlash mumkin?

Har bir xaridorning «ideal dush» to‘g‘risida o‘z tasavvurlari mavjud. Dush to‘g‘risidagi «yuvinish uchun moslama» degan standart tushuncha o‘z qiymatini yo‘qotganiga ancha bo‘ldi. Hozirgi davrda kim uchundir og‘ir ish kunidan yoki uzoq yo‘ldan keyingi charchoqni chiqazish muhimdir. Boshqalar esa dush qabul qilishdagi tozalik va tetiklik hissini juda qadrlaydilar. Mana nima uchun Hansgrohe dush to‘plamlarining keng tanlovini taqdim etadi. Biz sizga turli dush qabul qilishingiz haqiqiy spa relaksatsiyaga aylanishi uchun maxsus funksiyalar majmuasi mavjud har xil diametrdagi va o‘lchamdagi dush to‘plamlarining ko‘plab kombinatsiyalarini taklif qilamiz. Select tugmachali dush leykalari maxsus qulaylikga ko‘nikkan xaridorlar uchun yordam beradi. Ushbu texnologiya tugmachani birgina bosish bilan qo‘llaringiz sovunlangan bo‘lsa ham oqimning istalgan turini tanlashga imkon beradi.

Suv uchun to‘lovlarni kamaytirish siz uchun muhimmi?

Sokin ko‘llar, tiniq buloqlar, shildirab oqadigan sharsharalar – bularning barchasi Hansgrohe joylashgan Germaniyaning janubidagi Shvarsvaldga o‘zgacha tarovat tuhfa etadi. Atrofimizdagi tabiiy boyliklar tafakkurimizni shakllantiradi va bebaho tabiiy resurslardan foylanalishda mas'uliyatli bo‘lishimiz kerakligi haqida doimiy ravishda eslatib turadi. O‘n yil davomida Hansgrohe suv va energiyani tejash texnologiyalarining rivojlanishi  hamda ekologik toza ishlab chiqarish sohasida birinchidir. Bizning EcoSmart texnologiyamiz boshqa an'anaviy smesitellar va dush leykalari bilan taqqoslanganda suvni 60% gacha tejaydi. Dush leykalarimizda qo‘llangan AirPower texnologiyasi esa suvni havo bilan aralashtirib, suv oqimini yumshoqroq va mayin qilib beradi.

Santexnika mahsulotlaridagi innovatsiya va texnika yangiliklari haqida nima deya olasiz?

Hansgrohe innovatsiyasi vannaxonada inqilob qila oldi va har yili hayratlantirmoqda! Ba'zi g‘oyalar sanitariya sanoati tarixiga, ayrimlari esa hatto madaniyat tarixiga kira oldi, ehtimol. Biz Shvarsvalddagi shaxsiy ilmiy-tadqiqot laboratoriyamizda muntazam ravishda yangi yechimlar ustida ish olib boramiz. 16 000 ta amal qilayotgan patentga ega kompaniya hozirgi kungacha dunyodagi santexnika sohasining yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. 2019 yil Hansgrohe kompaniyasi Germaniyadagi innovatsiya liderlari o‘rtasidagi TOP-100 talikka kiritildi. Bir har doim mijozga nima muhim ekanligiga e'tibor qaratamiz.

Agar kimdir hammomini ta'mirlamoqchi bo‘lsa, biroq devorlarni buzmoqchi bo‘lmasa, unga nima taklif qilgan bo‘lardingiz?

Hammamiz turlichamiz, ideal dush muolajalari haqidagi tasavvurlarimiz ham turlichadir. Siz smartfondan foydalanasiz, u telefondan tashqari foto va videokameralar, kalkulyator, videoo‘yinlar, xarita, taqvim va yana ko‘plab ilovalarga ega. Hansgrohe uyingiz uchun analogik yechimlarni taklif etadi. Shourpayp (Showerpipe) – «hammasi birda» dush tizimlari bilan siz bosh uchun keng dush, qo‘l dushi va termostat (yoki smesitel)ga ega bo‘lasiz. Vannaxona ta'miri uchun bu ideal yechimdir.

Termostatlar to‘g‘risida nafaqat bizning mamlakatimizda mashhur bo‘lgan ko‘p fikr-mulohazalar va mish-mishlar mavjud. Uning nima ekanligi va ularning dush xonalari uchun kerakligini detallarda tushuntirib bera olasizmi?

Agar uyingizda kran yoki dush suvi haroratini regulirovka qila olmaydigan kichkina bolalar yoki keksalar, nogironlar, harakatda cheklangan insonlar bo‘lsa, cho‘milish ular uchun ortiqcha tashvishga aylanadi. Siz suv haroratini doimiy ravishda nazorat qilishingiz kerak bo‘ladi, chunki u tez-tez sovuq yoki juda issiq bo‘lib ketishi mumkin. Biz cho‘milishni osonlashtiradigan va yaqinlaringizning kuyib qolishi yoki juda sovqotishidan himoya qilib, ularning xavfsizligi uchun qayg‘uradigan yechim taklif qilamiz. Krandan keladigan suv haroratini 40 gradus darajasida belgilab, xotirjamlik va cho‘miladiganlar xavfsizligini kafolatlaymiz. Siz esa uy ishlari uchun yanada ko‘proq vaqtga ega bo‘lasiz!

O‘zbekistonda Hansgrohe mahsulotlarini qayerdan xarid qilsa bo‘ladi?

O‘zbekistonda Hansgrohe mahsulotlarini «KASHlux» va «Roca» salonlaridan topish mumkin. Hozircha faqat Toshkent shahridan.

Sizni hamkorlarimizning keng assortimentga ega do‘konlarida ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz. shuningdek, do‘kon mutaxassislari sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

KASHlux do‘koni

Manzil: Yunusobod tumani, Xurshid ko‘chasi, 16, Ts 16 («Pojarka»)

Telefon: +99871 231-12-21

Roca do‘koni

Manzil: Miroobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 40 (Chexov ko‘chasi)

Telefon: +998 71 256-91-91 +998 71 256-94-94

Ish jadvali:

Haftasiga olti kun, dushanbadan shanbagacha. Yakshanba dam olish kuni.

Ish soatlari: 09:00 dan 18:00 gacha

Tushlik: 13:00 - 14:00

Reklama huquqi asosida

Top