Oramizda erta-yu keç xalq xizmatida tinim bilmay mehnat qilayotgan insonlar köp. Ular umri davomida qölidan kelganiça özgalarga mehr-saxovat körsatiş, duo va savob ilinjida birovning hojatini çiqarişga intilib yaşaydi, hayotidan umuman nolimaydi. Halol rizq ortidan rözğor tebratiş barobarida, yon-atrofidagilarga birdek nafi tegadi... va bu işidan zavq oladi.
Farğona viloyati, Quva tumani, Çaman qişloğidagi Farğona – Quva yöli yoqasida joylaşgan novvoyxona nonidan köplar tatib körgan.


Ötgan ketgan yölovçilar, butun mahalla ahli aynan şu nondan sotib olişga odatlangan. Çunki novvoyxona noni boşqa joylarnikiga öxşamaydi. Juda mazali. Eng asosiysi, bu yerda yopilgan nonlarni bepul olib ketişingiz mumkin. Novvoyxona faoliyatini ehson qilişga qaratgan.
Novvoyxonada 15 yoşidan buyon mana şu kasb bilan maşğul bölgan Ismoil novvoy işlaydi. Uni Çaman qişloği ahli yoş-u qari birdek yaxşi taniydi.

Ismoil novvoy har kuni uyidan novvoyxonagaça 2 kilometr masofani velosipedda bosib ötadi. Tong sahar 3da uyğonib kelib tandirga öt qalaydi. Şogirdlari tayyorlab qöygan xamirdan non yopişga kirişadi. Uning deyarli bir kunlik vaqti aynan novvoyxonada ötadi. U bir kunda 16 soat işlab, keç soat 19da velosipediga ötirib uyiga ravona böladi.

Ismoil aka şu sohada işlayotganiga bu yil 25 yil böldi. U hayotidan aslo nolimaydi. Işi unga doim zavq bağişlab kelgan. Odamlarga issiq va mazali non ulaşişdan özgaça huzurlanadi.
Ayni kunlarda uning novvoyxonasida bir kunda 6 qopdan 9 qopgaça undan non yopilyapti. Yozda esa iş bundan ham köpayadi. Eng asosiysi, yopilgan nonlar ehson qilib turiladi. Novvoyxona atrofiga «Pulingiz bölmasa xijolat bölmang, sizga non bepul», — degan yozuv ilingan. Ayrimlar novvoyxonadan bepul non olib ketadi.

Ismoil Mirzayev: (novvoy)
«Issiqni-issiq, sovuqni-sovuq demay xalq xizmatidamiz. Xudoga şukr, şu kasb orqasidan rözğorim but. Qora qozonimiz qaynab turibdi. Novvoyxonamizda ança-munça ehson qilib turamiz. Köçadan ötgan yoş bolalar, kam ta'minlanganlarga töy-ma'rakalarida beminnat non beramiz. Bundan buyoğiga yana 5 yilmi, 10 yilmi novvoyçilik bilan şuğullanmoqçiman. Katta öğlim hozir 13 yoşda. U yonimga kirib qoldi. Öğillarim işimni davom ettiradi endi. Menga ham otam şu kasbni örgatgan.

Bir yilda 40 martagaça ehson qilamiz. Muhtojlar, kasalxonadan çiqqan bemorlar, ötgan-ketganlarga beminnat nonlar beramiz ehson qilib. Yoz kunlarida işimiz har doimgidan köra köpayib ketadi.
Ayni paytda ikki xil non yopamiz. Kiçikroği donasi 2 ming, kattaroği 3 ming söm. Ehson qilganimiz uçun Yaratgan işimizga unum va baraka beryapti. Şogirdlarim juda köp. Boşqa novvoyxonalarda ham men çiqargan şogirdlar işlaşadi. Ehson qilib, odamlarning hojatini çiqarganimizning özi biz uçun katta narsa. Aytişadi-ku, «oltin olma, duo ol» deb. Odamlar bizni duo qilib qöysa bölgani».
Ismoil aka bilan suhbatlaşib turganimizda, non oliş uçun xaridorlar kirib kela boşlaşdi.
Çaman mahallasida istiqomat qiluvçi Xosiyatxon aya Olimova novvoyxona haqida mamnuniyat bilan quyidagilarni gapirdi:
«Avvalo, novvoylarimizga rahmat. Tan-u jonlari soğ bölsin. Yuzlari nondek aziz bölsin. Doim ehson qilib turişadi. Pulimiz bölmasa ham, bemalol, xijolat bölmay kelib nonlaridan olib ketgan kunlarimiz köp bölgan. Ulardan xalq xursand. Köçadan ötgan yetti yot begonalarga ham non ehson qilişadi. Ayniqsa, juma kunlari ehsonlari köpaygandan köpayadi. Novvoylarning himmati doim uluğ bölsin».

Ismoil aka esa tinmay non yopar, tandirdan uzilgan nonlar zum ötmay tugab bitardi. Yöldan ötayotgan aksariyat maşina haydovçilari ham töxtab, non xarid qilib ketar ekan. Maktabdan qaytayotgan öquvçilar ham non olgani kelişdi.
Alohida xonaçada xamir tayyorlanadi. Kiçik uyça. U yerda bir neça şogird qöli qöliga tegmay biri xamir qorar, kimdir zuvala olar, yana kimdir zuvalani şaklga keltirib, çekiç urardi.


Yopişga tayyor holatga keltirilgan doira xamir ustiga qatiq va sedana surtgan yana bir şogird uni tandir yoniga tinmay taşib turardi. Yumuş köpligidan ular işni smena şaklida taşkil qilişgan ekan.

Xamir qoriladigan xona içidan taşqariga çiqqanimizda nonvoyxona egasi Zohidjon Turğunovni tandir oldida uçratdik. Tadbirkor bizga quyidagilarni aytib berdi:

«Novvoyçilik bilan bir neça yildan buyon şuğullanib kelyapman. Yoz fasligaça iş joyimizni yanada kengaytiriş niyatimiz bor. Yana yangi işçilar olamiz. Yoşlarni iş bilan ta'minlaymiz.
Yaratganga şukr, pandemiya asta-sekinlik bilan ortga çekinyapti. Ötgan yili pandemiya davrida odamlar qiynaldi. Buni hammamiz birdek içimizdan his qildik. Öşanda nonlarni yarim puliga tarqatgan kunlarimiz ham böldi. Ehsonlar qilib kam bölmadik.
Alloh taolo şunday rahmdil zotki, bizga saxiylikni berdiki, bundan kam bölmadik. Şundan keyin doimiy ravişda ehson qilişni yölga qöydik. Kim kelsa, muhtojmi, puli yöqmi heç ikkilanmasdan beryapmiz. «Non bepul», deb yozib ham qöyganmiz.
Alloh taolo Qur'oni Karimda «Özlaringga rizq qilib bergan narsalaringdan infoq-ehson qilinglar», deb marhamat qilgan. Ehsonning evaziga Yaratgan köpaytirib beryapti.
Boşqa tadbirkorlarga ham şuni aytmoqçiman: heç ikkilanmasdan, öylanmasdan bemalol infoq-ehson qilinglar. Buning natijasini, barakasini albatta körasizlar. Işning rivojini körasizlar.
Ehsonlar qilganimizdan odamlar xursand bölib duolar qilişyapti. Hatto «Non bepul» deb yozilgan yozuvni körib ham duo qilişyapti. Yonimizdagi kasalxonadan bemorlar kelib doriga pul topa olmay qoldim, pulga muhtojman deganiga ikkilanmasdan pul beramiz. Mahalla, qişloq va hatto boşqa viloyatlarda istiqomat qiluvçi muhtojlarga ehson qilişni yölga qöyganmiz.

Yoz faslida işlar köpayadi. Saxovatimiz ham köpayadi. Yoş bolalar maktabdan qaytayotib novvoyxonaga töxtaşadi, qöliga non tutqazib, siylaymiz. Odamlar keladi: yuzidan, siymosidan sezib qolamiz muhtojligini. Qöliga törtta non tutqazamiz. Xursand ketişadi. Ehson qilib maza qilasiz, içingiz yayraydi. Yaratgan köpaytirib berganini körib, bilib turib yana yayraysiz-da! Kelajakda faoliyatni yanada kengaytirib, ehsonlar sonini bundan-da köpaytirişni niyat qilganmiz.

Ismoil aka haqida gapiradigan bölsam, bu kişi menga qadrdon bölib qolgan. Novvoyxona işini bemalol unga işonib topşirganman. Yöğimda örnimni bilintirmaydi. U bir neça yildan buyon men bilan işlaydi. Ismoil aka yopgan nonlar köpçilikka yoqadi. Akadan hayotda köp maslahatlar olib turaman. U köpni körgan. Şogirdlarimiz orasida iş örganib boşqa joylarda alohida novvoyxona oçib faoliyat yuritganlari ham köp. Ular orasida Rossiyaga borib, u yerda non yopayotganlari ham bor».

Hassaga tayangan keksa otaxon kelib, non taxlanayotgan supa yonidagi örindiqqa ötirdi. Otaxon qişloqda ança muddat sartaroş bölib işlab, hozirda keksalik gaştini surayotgan ekan. U har kuni bu yerga kelib, issiq nondan tatib, novvoylarni duo qilib ketar ekan.
U novvoylarning amalga oşirib kelayotgan ehsonlaridan xalqning boşi osmonda ekani haqida xursand bölib sözlab berdi. Ismoil novvoyning mehnatkaşligi, u yopgan nonlar özgaça mazaga ega ekanini ta'kidladi.

Ismoil novvoy esa har doimgidek non yopişda davom etar, tandir çöğida uning ikki yuzi qip-qizil bölib ketgan edi. Tandir içiga har boşini suqib non uzayotgan paytda jilmayib qöyar, uzilgan nonlar supaçaga taxlayotganini körib samimiyat bilan iç-içidan quvonardi...
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri












