Mas’ullar suyultirilgan gazni grafik asosida yetkazib berişni eplolmayapti. Kun.uz muammoni Quva tumani Möydin Hasanov mahallasi misolida körib çiqdi. Avvallari uzoği 45 kunda kelgan suyultirilgan gaz 100 kundan oşibdiki, yöq bölib qolgan. Odamlar qora bozordan qimmat narxda propan sotib olişga ötgan (yaqinda Zangiotada bölgan portlaşni eslang). Ayrimlar esa ötin va tappi yoqib ovqat pişirişga majbur bölyapti.

Ravşan Madrahimovning aytişiça, avvallari bir oyda bir marta 43 ming söm evaziga 20 kg suyultirilgan gaz taşlab ketilgan.

“Şu paytgaça har bir xonadonga 20 kg gaz berardi. U ham bölsa heç qançaga yetmay tugab qolardi. Endi bölsa şu ham yöq. 100 kundan beri kelmayapti. Sababini heç kim bilmaydi.

Böş gaz ballonni oğirligi 20 kg bölsa, içiga 20 kg suyultirilgan gaz quysa, gaz ballonning umumiy oğirligi 40 kg bölişi kerak. Aksariyat holatlarda gaz ballonni tortib berişmaydi. Içida qança borligini aniq bilmaymiz. Balki 15 kg dir, balki undan ham kamroq. Çunki bergan gazi 20 kunga ham yetmaydi. Ikki kelinim bor; bola-çaqa, nevaralar bilan jami 12 kişi yaşaymiz. Gaz tugab qolganda öçoqda tappi, ötin qilib ovqat pişiramiz.

Endi esa suyultirilgan gaz 100 kundan beri kelgani yöq. Telefon qilsangiz, olişmaydi. “Ana boramiz, mana boramiz” deyaverişadi, lekin kelişmaydi.

Zapravkadan olib keladigan bölsak, 7 200 sömdan quyib beradi. 2 ta ballon olib borsam, 40 litr böladi. 40 litringizga 280 ming söm böladimi? Oddiy odamlarga oğirlik qiladi-da”, deydi Ravşan Madrahimov.

Yodingizda bölsa, ikki hafta oldin Toşkent şahri yaqinida, Quyoşli bozori tarafdagi propan şoxobçasi portlab, uç kişi jarohat olgan edi. Sanoat xavfsizligi qömitasiga köra, şoxobça faqat avtomobillarga gaz töldiriş uçun ruxsatnomaga ega bölgani holda, maişiy gazballonlarga ham propan quyiş bilan şuğullangan va buning uçun qölbola ötkazgiçdan foydalanilgan. Bu esa xonadonlarga propan öz vaqtida yetkazib berilmayotgani xavfsizlik bilan boğliq jiddiy muammolarni yuzaga keltirişini ham anglatadi.