Quva tumanida yaşovçi Esonjon ota Hoşimov xonadoniga kivi köçati ekkan edi. Oradan 5 yil ötib ekkan daraxti mevaga kirdi. Tomorqa közni quvnatadigan kivizorga aylangan. Boğbon ota nevarasi bilan kivi uruğidan köçat yetiştirişni ham yölga qöydi, qöni-qöşnilariga ham meva, ham köçatlaridan berib ularning duosini olyapti.
Bu qanday daraxt?
“2014-yilda Samarqandda hali biror joyda uçratmagan köçat körib qoldim. Oğaynimdan yning qanaqa daraxtligini sörasam, kulimsirab kivi ekanligini aytdi. Qiziqib qolib uruğidan olib keldim va özim uç dona köçat çiqardim.


Uruğidan ungan köçatlarim 2019-yilda 12 dona meva qildi. Mana hozir köçatlarning hammasi mevaga kirgan. Endi har yili köçatini ham yetiştiryapman. Köçatini ham, mevasini ham bozorga olib çiqmayman, xaridorlar özlari uyimga kelib olib ketişadi. Tormorqada hozir mevaga kirgan 15 tup kivi daraxti, 1500 tup köçat bor. Qöni-qöşni, qarindoş-uruğlarga köçati, mevasidan ehson qilib duolarini olyapman. Bolalari maza qilib yesin, deb devor qöşnimgayam meva şoxidan ötkazib yuborganman.


Xonadonimda kivining “Xeyvord” navi. Endi “Gold” degan navini ham köpaytirmoqçiman. “Gold” mevasining içi qizil rangda bölar ekan. “Xeyvord”niki esa kök rangda böladi.
Quyoşli yurt kivisi...
Mevalar yildan yilga qöşib boryapti. Kivi suvni juda yaxşi köradigan ösimlik ekan. Mevaning vatani Yangi Zelandiya deyişgandi. Mehnatim zoye ketmadi. Harakat qilib hosil qildirdim endi. Şunga xursandman. Bolalarga, nevaralarga boğbonçilikni örgatyapman. Kivi tagiga biogomus solaman xolos. Heç qanaqa zahar, kimyoviy vositalar işlatmayman. Tabiiy toza mahsulot çiqaraveraylik...














