Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi matbuot kotibi Şerzod Saparovning yozişiça, agentlik viloyat hokimligiga holat yuzasidan qonunçilikda belgilangan tartibda xizmat tekşiruvi ötkaziş hamda huquqiy baho beriş böyiça taqdimnoma kiritgan.
Taqdimnoma natijalariga köra, H.Umarovga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazosi qöllanilgan.
“Agentlik tomonidan davlat xizmatçilari tomonidan odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilişini ta’minlaş, davlat xizmatida yuksak kasbiy va axloqiy standartlarni qaror toptiriş hamda qonun buzilişi holatlariga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlaş işlari izçil davom ettiriladi”, deya ta’kidlagan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi matbuot kotibi.
Eslatib ötamiz, audioyozuvda Quva tumani hokimi Halimjon Umarov ekani aytilgan şaxs fermerlar bilan ötkazilgan yiğilişda ulardan birini haqorat qilgan.
“Ey sen, k.., gaplaşging kelmayaptimi men bilan? ...qa öyin qilyapsanmi? Uç kundan beri axtaraman seni, topilmaysan. ... tiqib qöyaymi hozir?! Tiqilging kelyaptimi?”, degan u fermer bilan suhbatda.
Farğona viloyati hokimligi holatga aniqlik kiritiş uçun xizmat tekşiruvi tayinlanganini bildirgandi.
Ma’lumot uçun, Halimjon Umarov 2021 yil fevralidan Quva tumani hokimi lavozimida işlab keladi. Bungaça u Farğona viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari bölgan.











