Adliya vazirligi xabariga köra, qaror bilan transport vositalarini Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati bölinmalarida majburiy texnik körikdan ötkazişda harakatlanuvçi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalaniş tartibi joriy etiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan jismoniy şaxslarga tegişli M1 toifadagi avtotransportlarni tadbirkorlar – yuridik şaxslar tomonidan majburiy texnik körikdan ötkazişda harakatlanuvçi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalaniladi.
2021 yil 1 iyulga qadar avtotransportlarni majburiy texnik körikdan ötkaziş faoliyatini amalga oşiruvçi tadbirkorlarga Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining “Texnik körik” avtomatlaştirilgan axborot tizimiga kiriş imkoniyati yaratiladi.
2021 yil 1 sentyabrdan xorijiy davlatlarga çiqadigan transportlardan taşqari barça transportlarga texnik körikdan ötganligi töğrisidagi talonlarni beriş amaliyoti bekor qilinadi.
Qarorga bilan şuningdek, Transport vositalarini majburiy texnik körikdan ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Unga köra, transportlar quyidagi davriylikka muvofiq texnik körikdan ötkazilişi kerak:
- tijorat asosida yölovçilar taşuvçi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va örindiqlar soni 8ta va undan ortiq bölgan (haydovçining örnidan taşqari), odamlarni muntazam taşiş uçun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, oğir vaznli va xavfli yuklarni taşiş uçun maxsus transportlar va ularning tirkamalari – bir yilda ikki marta;
- işlab çiqarilganiga 6 yildan köp bölmagan transportlar – ikki yilda bir marta;
- işlab çiqarilganiga 6 yildan ortiq bölgan, şuningdek işlab çiqarilgan vaqti aniq bölmagan transportlar – bir yilda bir marta;
- tirkamalar texnik körikka transport vositasi – şatakçi uçun belgilangan muddatlarda;
- navbatdagi texnik körikdan ötkazişning ilgari örnatilgan muddatlaridan qat'i nazar, ularni DYHXX organlarida röyxatdan ötkaziş (qayta röyxatdan ötkaziş) vaqtida.
Yangi transportlar DYHXX organlarida röyxatdan ötişda texnik körikdan ötkazilmaydi.

















