Adliya vazirining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlarida iş yuritiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi buyruği loyihasi e'lon qilindi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş organlarida iş yuritiş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalarga köra, Özbekiston konsullik muassasalari hamda diplomatik vakolatxonalari konsullik bölimlari gerbli guvohnomalar bilan, ehtiyojiga qarab, Toşkent şahri uçun tayyorlangan seriyadagi gerbli guvohnomalar hisobidan Taşqi işlar vazirligi orqali ta'minlanadi.

Davlat xizmatlari agentligining hududiy boşqarmasida gerbli guvohnomalarni FHDYo organlariga (agentlikning Toşkent şahar hududiy boşqarmasida Taşqi işlar vazirligiga ham), FHDYo organlarida esa QFYlarga tarqatiş daftarlari yuritiladi. Qoğoz şaklidagi daftarlar raqamlangan, ip ötkazib tikilgan va agentlik hududiy boşqarmasi rahbari yoki örinbosari tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana körsatilgan holda imzolanib, muhrlangan bölişi lozim.

Gerbli guvohnomalar Davlat xizmatlari agentligining hududiy boşqarmasidan töğridan töğri FHDYo organlari rahbarlariga, ular vaqtinça bölmaganida (xizmat safari, mehnat ta'tili, kasallik va h.k.) tegişli buyruq bilan ular vazifasini bajariş vaqtinça yuklatilgan xodimga Gerbli guvohnomalarni tarqatiş daftariga yuk xati talabnomasi asosida lavozimi, familiyasi yozilib, imzo qöydirgan holda topşiriladi va bu haqda elektron axborot tizimiga ma'lumot kiritiladi. Yuk xati talabnoma bilan berilgan gerbli guvohnoma blankalari sarf qilinganidan keyin hisobdan çiqariladi.

FHDYo organlari tomonidan Davlat xizmatlari agentligining hududiy boşqarmasidan gerbli guvohnomalarni qabul qilib olişda komissiya a'zolari iştirokida har bir guvohnoma örami alohida oçilgan holda tekşirib köriladi. Guvohnomalar yetişmasligi yoki nuqsonlar borligi (himoya kataklari va bosma matn yöqligi yoki buzilgani, tartib raqamlari takroriyligi yoxud boşqa seriyalar yoki tartib raqamlari bölgan, notöğri şriftli, notöğri kesilgan va notöğri şaklli, seriya va tartib raqamlari yöq bölgan yoki öram yorliğiga boşqaça tarzda nomuvofiq bölgan guvohnomalar) aniqlangan taqdirda, komissiya tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va şu kunning özida agentlikka maxsus xabar yuboriladi. Dalolatnoma birinçi nusxasi öram yorliğining kseronusxasi bilan agentlik hududiy boşqarmasida qoldiriladi. Dalolatnoma ikkinçi nusxasi nuqsonli guvohnomalar çiqqan öram yorliği, nuqsoni bor guvohnomalar ilova qilingan xat bilan uç kun içida agentlikka jönatiladi. Bunda dalolatnoma ikkinçi nusxasi öram yorliği va nuqsoni bor guvohnomalar bilan “Davlat belgisi” DIÇBga yuboriladi.