Pandemiya vaqtida sayohatlar uçun eng jozibasiz davlatlar sifatida çegarasini kesib ötgandan keyin ma'lum muddat karantin ötaş kerak bölgan davlatlar aytildi. Bu haqda Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) saytida ma'lum qilindi.

Bu borada ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra, 84 foiz respondentlar özini yakkalaşni talab qiluvçi davlatlarga aslo borişni istamasliklarini aytişgan. Bunday davlatlar orasida Çili, Peru, Janubiy Koreya, Tailand, Polşa, Tunis va boşqa davlatlar bor.

Respondentlarning 68 foizi davlatlar örtasida erkin harakatlaniş imkoniyati yöqligi sababli hayot sifati yomonlaşganidan şikoyat qilişgan. Ulardan 40 foizining aytişiça, dam oliş uçun xorijga boriş imkoniyatining yöqligi ularning ruhiy holatiga ta'sir qilgan. Yana 30 foiz respondentlarning fikriça, çegaralarning yopilişi sababli biznes jabr körgan.

“Ayni vaqtda barçamiz uçun ustuvor vazifa – koronavirus pandemiyasi vaqtidagi xavfsizlikdir. Biroq çegaralarni yana oçiş, xatarlarni boşqariş va odamlarga öz istaganlariça yaşaşga imkon beriş yöllarini belgilab olişimiz muhimroqdir”, deb ta'kidlab ötgan IATA boş direktori Aleksandr de Juniak.