2020 yil davomida muomalaga çiqarilgan naqd pullar hajmi 1,6 trln sömga yoki 5,8 foizga köpaydi. Bu haqda Markaziy bankning Naqd pul muomalasi departamenti direktori Fazliddin Bozorov ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, bugungi kunda naqd pulsiz, jumladan, bank kartalari orqali hisob-kitoblar hajmi ortib bormoqda va bu naqd puldan foydalaniş kamayib borayotganini bildirmaydi.

“Misol uçun, 2020 yil davomida muomalaga çiqarilgan naqd pullar hajmi 1,6 trln sömga yoki 5,8 foizga köpaydi. Qolaversa, 2020 yilda banklar kassalariga kelib tuşgan naqd pullar hajmi 179,9 trln sömni taşkil etib, 2019 yilga nisbatan 26 foizga köpaygan bölsa, banklardan 180,2 trln sömlik naqd pullar berildi va bu körsatkiç oldingi yilga nisbatan 25 foizga oşdi.

Yana bir körsatkiçga e'tibor qaratsak, 2020 yilda savdo va pullik xizmatlardan banklarga tuşumlar tarkibida 85,6 trln sömi yoki 58,4 foizi naqd puldagi tuşumlar hissasiga töğri kelib, 2019 yilga nisbatan 1,6 foizli bandga köpaygan.

Uşbu körsatkiçlarga qarab, “naqd pullardan foydalaniş kamayib bormoqda” deyiş qançalik töğri bölmasligini anglab oliş mumkin”, deydi Markaziy bank vakili.

Qayd etilişiça, 2017 yilda 50 000 sömlik, 2019 yilda 100 000 sömlik banknotlarning muomalaga çiqarilişi ortidan kiçikroq qiymatdagi banknotlar örnini yirik qiymatdagi pullar egallaşi hisobiga muomaladagi banknotlar soni sezilarli miqdorda kamaydi.

“Mazkur holat aholiga va tadbirkorlik sub'yektlariga naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oşiriş, ularni olib yuriş, saqlaş uçun qulayliklar ortib borayotganini bildiradi.

Naqd pul sohasidagi xalqaro ekspertlar fikriga köra, 2020 yilda Yevropa ittifoqi mamlakatlarida ham naqd pulga bölgan talab sezilarli darajada oşgan. 2020 yil 9 oyida muomalaga çiqarilgan naqd pullar hajmi Yevropada 10,6 foizga köpaygan bölsa, bu körsatkiç AQŞda – 14,6 foizni, Xitoyda – 7,9 foizni, Hindistonda – 23,1 foizni taşkil etgan.

Naqd pullardan voz keçib, hisob-kitoblarni naqdsiz körinişda amalga oşirişga ötişning afzalliklari köp, eng asosiysi, iqtisodiyotda pul aylanişi tezlaşadi.

Bunday jarayon tabiiy ravişda hamda hukumat qöllab-quvvatlaşi orqali aholiga qiyinçilik tuğdirmagan holda röy berişi, bosqiçma-bosqiç joriy etilişi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, dastlab kommunal tölovlarni faqat naqdsiz şaklda tölaş, ayrim yirik savdo va umumiy ovqatlaniş korxonalari tomonidan tölovlarni faqat bank kartalari orqali qabul qiliş kabi tartiblarning joriy etişlari sekin-asta savolda qöyilgan jarayonga yetaklaşi mumkin.

Şvetsiya davlati naqd pullardan voz keçiş siyosatini 2015 yilda boşlagan bölib, bugungi kunda uşbu davlatda restoranlar, dorixonalar va savdo korxonalari tölov uçun naqd pullarni qabul qilişni rad etiş huquqiga ega. Ayrim ommaviy axborot vositalarida Nyu-York şahridagi bir qator savdo korxonalari va restoranlar tölovlarni faqat naqdsiz körinişda qabul qilişni tajriba tariqasida qöllab körişi ba'zi aholi vakillarining e'tirozlariga sabab bölayotgani yozilmoqda.

Endi Özbekiston misolida şu jarayonni tasavvur qilib, xulosa qilib köring-çi, buning uçun bizda yetarli şart-şaroit mavjudmi, aholi dunyoqaraşi şakllanganmi? Oddiygina misol, mamlakatimizda oylik iş haqini va pensiya tölovlarini bank kartalari orqali tölanişiga e'tiroz bildiruvçi fuqarolar köplab topiladi”, deydi Fazliddin Bozorov.