Bu haqda Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisida Içki işlar vaziri Pölat Bobojonov aytib ötdi.
«Pandemiya paytida köpçilik oilalar daromadsiz qolgani uçun va bu davrda profilaktik tadbirlar yetarli darajada taşkil etilmaganligi sababli mulkiy turdagi jinoyatlar soni köpaydi.
Jumladan, ötgan yili öğriliklar soni 8 ming 164 tani taşkil etgan. Bunda xonadonlarda qilingan öğriliklar soni 1918ta, savdo şoxobçalaridagi öğriliklar 813ta va transport vositalaridagi öğriliklar 774tani taşkil etdi.
Şuningdek, ötgan yili Özbekistonda 18 ming 660ta firibgarlik jinoyati sodir etilgan. Bu jinoyatni sodir etganlarning 4 ming 124tasini işsiz fuqarolar taşkil etgan», – deya Içki işlar vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












