13 mart kuni bölib ötgan Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yiğilişida mamlakatga kirayotgan barça yölovçilardan ekspress test oliş tartibi bekor qilindi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, yiğilişda xorijiy va qöşni mamlakatlarda koronavirus infeksiyasi bilan boğliq epidemiologik vaziyatning barqarorlaşgani sabab respublikaga taşrif buyuruvçilarga yengilliklar yaratiş hamda turizm salohiyatidan kengroq foydalaniş masalalari muhokama qilingan.

Maxsus komissiyasi qaroriga asosan Özbekistonga havo, temir yöl transporti hamda çegara punktlari orqali taşrif buyurayotgan barça şaxslardan öz hisobidan aeroport, temir yöl vokzali yoxud çegara punkti hududida koronavirus infeksiyasiga antigen ekspress test oliş tartibi 2021 yilning 15 martidan boşlab bekor qilinadi.

Endilikda, yangi tartib böyiça:

* mamlakatga taşrif buyurayotgan şaxslardan Özbekistonga keliş uçun  röyxatdan ötişdan oldin sönggi 72 soat içida koronavirus infeksiyasiga PZR orqali tekşirilib, manfiy körsatkiçga ega deb topilgan ma’lumotnoma söraladi;

* avtoyöl çegara ötkaziş punktlari orqali respublikaga kirib kelayotgan şaxslardan ham şunday ma’lumotnoma talab qilinadi. Agar PZR natijasi bölmagan hollarda çegara ötkaziş punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda ekspress test topşiriladi. Faqat manfiy natija qayd etilgan taqdirdagina Özbekiston hududiga kiritiladi.

Bunda koronavirus infeksiyasiga PZR tekşiruvlari natijalari ingliz yoki rus tillarida bölişi şart.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan  2021 yilning 25 martidan boşlab xorijiy mamlakatlardan Özbekistonga taşrif buyuruvçilardan faqat sifat körsatkiçi talab darajasida bölgan laboratoriyalarning koronavirus infeksiyasiga PZR tekşiruvlari ma’lumotnomalari bilan havo yoki temir yöl qatnoviga röyxatdan ötkaziladi yoxud avtoyöl çegara ötkaziş punktlari orqali Özbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi antigeni ekspress test tekşiruvi ötkazmasdan kiritiladi.

«Bundan taşqari yiğilişda mutasaddi taşkilotlarga çet elda sifatli hamda işonçli koronavirus infeksiyasiga PZR tekşiruvlarini ötkazuvçi, Özbekistonda ham tan olinadigan laboratoriyalar röyxatini (har bir mamlakat kesimida kamida 10 tadan) şakllantiriş va e’lon qiliş vazifasi yuklatildi. Mas’ul vazirlik va idoralarga Özbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan boğliq mamlakatga kiriş böyiça çeklovlar bekor qilingani, yangi avia va temir yöl qatnovlari taşkil etilayotgani töğrisida öz rasmiy veb-sahifalarida hamda Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy hamkorlar, investorlar va turoperatorlarga ma’lum qiliş böyiça topşiriq berildi», deyiladi SSV xabarida.