Bozor iqtisodiyoti şaroitida suğurta sohasi iqtisodiy rivojlanişning muhim omillaridan biri hisoblanadi va aksinça iqtisodiy barqarorlik suğurta sohasi rivojlanişining negizi sanaladi.

Mustaqillikning ilk yillarida iqtisodiy islohotlarning rivojlaniş bosqiçida suğurta sohasida ham bozor mexanizmlariga asoslangan infratuzilma şakllana boşladi. Respublikamizda uzoq yillar davlat suğurtasi amal qilgan bölsa, bozor mexanizmlarining şakllanişi suğurta sohasi oldiga ham keçiktirib bölmas islohotlarni amalga oşirişni dolzarb vazifa sifatida belgilab berdi.

Bozor tamoyillariga va soğlom raqobatga asoslangan suğurta xizmatlari şakllanişi bu yönalişda suğurta xizmatlarini taklif etuvçi suğurta taşkilotlarining vujudga kelişi bilan boğliqdir.

1997 yilning 14 martida Vazirlar Mahkamasining 144-sonli qaroriga asosan “Kafolat suğurta kompaniya”si taşkil etildi. Kompaniya dastlab iş boşlagan vaqtda ustav kapitali 500 mln sömdan iborat bölib, 48 ta mintaqaviy tarmoği mavjud edi.

Kompaniya mana 24 yildirki, suğurta bozorining professional iştirokçisi sifatida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar ijrosida özining faolligini körsatib kelmoqda. Jamiyat filiallar tarmoği böyiça juda keng geografik nuqtaga ega bölişiga qaramay aholi va taşkilotlarga yanada yaqinlaşiş, ularga qulay suğurta xizmatlarini körsatiş maqsadida yildan yilga yangi suğurta markazlarini oçmoqda. Bugungi kunga kelib filiallar, suğurta markazlari va bölinmalar soni 215 tani, sotuv şoxobçalari soni 400 dan ziyodni taşkil etadi.

Mamlakatimizda 2016 yil oxiridan milliy iqtisodiyotimizda jadal rivojlanişni öz içiga olgan transformatsiya jarayoni boşlandi. Iqtisodiyotning barça tarmoqlari xizmat körsatişning yangi tizimiga innovatsiya, motivatsion yondaşuv va aniq maqsadli rejalar asosida yondaşişni boşladi. Mazkur jarayonda 2017 yilning 9 oktyabrida Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3317-sonli “Kafolat suğurta kompaniyasi” AJ faoliyatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilinib, kompaniyaning asosiy rivojlaniş yönalişlari belgilab berildi.

Bugungi kunda Özbekiston suğurta bozorida 40 ga yaqin suğurta kompaniyasi faoliyat olib bormoqda. Har yili 3 ta, 4 ta yangi suğurta kompaniyalari öz faoliyatini boşlamoqda. Bunday raqobat şaroitida kompaniyaning bozordagi öz örnini saqlab qolişi va doimiy rivojlanib borişi juda murakkab bölib, kompaniyadan har tomonlama öylangan va aniq rejalarga asoslangan strategik yönalişlarni belgilaşni taqozo etadi.