Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, harbiy-akademik litseyga yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga ega bölgan pedagog xodimlar işga taklif etiladi.
DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining manzili: Toşkent şahar, Yunusobod tumani, Yangişahar köçasi 3A-uy.
DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida işlaş istagini bildirgan nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Litseyga qabul qilingan pedagog va boşqa xodimlarga “Temurbeklar maktabi”ning tegişli lavozimlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş şart-şaroitlari tizimi tatbiq etiladi.
“Temurbeklar maktabi” xodimlarining bazaviy tarif stavkalari: öqituvçilar uçun - 5 barobar; tögarak rahbarlari uçun - 3 barobar.
DXX “Temurbeklar maktabi”da işlaş uçun quyidagi fanlardan dars beruvçi pedagog va tögarak rahbarlari işga taklif etiladi:
Pedagog xodimlar:
- ona tili va adabiyot;
- tarix;
- psixologiya;
- matematika;
- jismoniy tarbiya;
- fizika;
- kimyo;
- geografiya;
- biologiya;
- huquqşunoslik;
- fors tili;
- urdu tili;
- doriy tili;
- turk tili;
- rus tili;
- nemis tili:
- xitoy tili;
- arab tili;
- fransuz tili;
- ingliz tili;
- çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik;
- informatika va axborot texnologiyalari;
- avtotransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş.
Ma'lumot uçun: professor-öqituvçilarga örindoşlik asosida işlaşlari uçun şaroitlar yaratib beriladi.
Tögarak rahbarlari:
- robototexnika;
- notiqlik san'ati;
- qöl jangi;
- radioaloqa texnologiyalari;
- informatsion texnologiyalar.
Şu bilan birga, quyidagi lavozimlarga işga taklif etiladi:
- axborot resurs markazi boşliği;
- hamşira;
- psixolog;
- avtobus haydovçisi;
- aloqa böyiça texnik;
- qozonxona operatori;
- dasturlovçi texnik;
- çilangar;
- kutubxonaçi;
- duradgor;
- boğbon;
- hudud farroşi;
- elektromontyor.
Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida işlaşni xohlovçi nomzodlar 2021 yilning 15 mart kunidan 15 aprel kuniga qadar 95-478-77-05, 99-817-29-85 telefon raqamlariga murojaat qilişlari hamda özlari haqida ma'lumotlarni (pasport, obektiv ma'lumotnoma) [email protected] elektron poçta manziliga yuborişlari söraladi.












