Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan Özbekiston hududida turistik (mehmonxona) yiğimni undiriş tartibi töğrisida nizom yangi tahrirda bayon qilinadi.

Turistik (mehmonxona) yiğim:

a) palatkali lagerlar va tunaş uçun qayta jihozlangan yer usti transportida yaşaşni taşkil qilgan turizm faoliyati sub'yektlari (turoperator va turagentlar) tomonidan;

Özbekistonga 30 kungaça keladigan xorijiy fuqarolarni qabul qilib, ularga notijorat maqsadlarida yaşaş maydoni taqdim etgan jismoniy şaxslar tomonidan;

mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunaş uçun qayta jihozlangan yer usti transportida yaşaydigan xorijiy fuqarolar tomonidan tijorat banklari filiallari, turistik axborot markazlari va elektron axborot tizimlari orqali tölanadi.

b) mahalliy fuqarolardan davolaş muassasalari, sanatoriy va pansionatlarda yaşaganlik uçun undirilmaydi.

Joylaştiriş vositalari (davolaş muassasalari):

  • faqat turistik (mehmonxona) yiğimni undirişdan tuşadigan tuşumni jamlaş va uni keyinçalik jamğarma maxsus hisobraqamiga ötkaziş uçun foydalaniladigan, milliy valutadagi maxsus hisobraqamlarni tijorat banklarida oçadi;
  • mehmonxona xizmatlari körsatiş uçun turoperator (turagent) va boşqa taşkilotlar bilan şartnomalar tuziş çoğida tijorat banklarida oçilgan va undiriladigan turistik (mehmonxona) yiğimdan tuşadigan tuşumlar ötkaziladigan milliy valutadagi maxsus hisobraqamni şartnoma rekvizitlarida alohida körsatadi;
  • mehmonxona xizmatlari körsatişda yuridik va jismoniy şaxslarga tölov uçun hisob (invoys, kvitansiya, hisob-faktura) hamda mehmonxona xizmatlari qiymati va yaşagan kunlari uçun undirilgan turistik (mehmonxona) yiğim umumiy miqdorini körsatgan holda, mehmonxona xizmatlari körsatilganini tasdiqlovçi hujjatlar (hisob-faktura, bajarilgan işlar va/yoki körsatilgan xizmatlar dalolatnomasi) beradi;
  • turistik (mehmonxona) yiğim undirilişi lozim bölgan, joylaştiriş vositalarida yaşovçi jismoniy şaxslar va joylaştiriş vositalarida mustaqil sayohat qiluvçi sifatida röyxatdan ötgan fuqarolar sonini, ular yaşaş kunlari sonini hamda jamğarma maxsus hisobraqamiga ötkazilişi lozim bölgan milliy valutadagi miqdor hisobini yuritadi;
  • joylaştiriş vositalarida yaşovçilar hisobini yuritiş maxsus elektron avtomatlaştirilgan dasturni qöllagan holda, turistik (mehmonxona) yiğim undirilişi lozim bölgan, amalda yaşayotgan jismoniy şaxslar va joylaştiriş vositalarida mustaqil sayohat qiluvçi sifatida röyxatdan ötgan xorijiy fuqarolar töğrisidagi ma'lumotlarni Turizm qömitasiga öz vaqtida taqdim qiladi;
  • qömitaga taqdim qilingan ma'lumotlarga muvofiq, ötgan oy mobaynida ularga tuşgan turistik (mehmonxona) yiğim miqdorini töliq hajmda jamğarma maxsus hisobraqamiga har joriy oyning 5-sanasigaça ötkazilişini ta'minlaşga majburdirlar. Bunda, körsatilgan muddatga joylaştiriş vositalari şaxsiy mablağlari hisobidan turistik (mehmonxona) yiğim miqdorini jismoniy şaxslardan töliq bölmagan hajmda (notöğri) undiriş natijasida şakllangan qarzdorlikni tölab beradi.

Qömita har oy 10-sanasigaça joylaştiriş vositalari va davolaş muassasalarida yaşovçilar hisobini dasturni qöllagan holda taqdim etilgan ma'lumotlar asosida, joylaştiriş vositalari hamda davolaş muassasalari ötgan oy yakunlari böyiça haqiqatda yaşagan va ular uçun turistik (mehmonxona) yiğim miqdorini ötkazişi lozim bölgan jismoniy şaxslar töğrisida umumlaştirilgan ma'lumotlar şakllantiradi.

Turistik (mehmonxona) yiğim miqdori jamğarma maxsus hisobraqamiga öz vaqtida yoki töliq ötkazilmagani uçun joylaştiriş vositalari va davolaş muassasalari keçiktirilgan har bir kun uçun turistik (mehmonxona) yiğim ötkazilmagan miqdorning 0,05 foizi, biroq qarzdorlik umumiy miqdori 50 foizidan köp bölmagan miqdorda penya tölaydilar.

Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunaş uçun qayta jihozlangan yer usti transportida yaşaydigan xorijiy fuqarolar turistik (mehmonxona) yiğim miqdorini öz vaqtida yoki töliq tölamasa, Özbekistondan çiqişda dastur ma'lumotlari asosida turistik (mehmonxona) yiğim tölanmagan qismi uçun ön baravar miqdorida jarima tölaydi.