Bu çoralar prezidentning 2026-yil 12-oktabrdagi «Transport-logistika tizimini rivojlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ–368-son qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2026–2030-yillarda transport-logistika markazlarining yillik quvvatini kamida 40 million tonnaga yetkaziş maqsad qilingan. Transport va logistika xizmatlari eksportini 3,5 milliard dollarga, Özbekiston hududi orqali tranzit yuk taşiş hajmini esa 18,5 million tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan.

Barça talablarga javob beradigan xalqaro quruqlik portlari soni 24 tadan 30 taga köpaytiriladi. Davlat çegarasidan ötkaziş punktlarining yuk taşiş qobiliyati hamda logistika markazlarida konteynerlarga işlov beriş quvvati ikki barobar oşiriladi.

Andijon viloyatining Xonobod şahri, Buxoro viloyatining Olot tumani, Surxondaryo viloyatining Termiz tumani, Toşkent viloyatining Yangiyöl va Ohangaron tumanlari transport-logistika sohasiga ixtisoslaştiriladi.

Markazlarda terminallarni boşqariş - TOS va omborni boşqariş - WMS tizimlari joriy etiladi. Ular 2030-yil oxirigaça Transport vazirligining E-logistika platformasiga ulanadi.

2040-yilgaça yer va mol-mulk soliğidan töliq ozod böliş uçun logistika markazi ESKATOning quruqlik portlari töğrisidagi bitimiga kiritilgan, belgilangan boşqaruv tizimlarini joriy etgan hamda E-logistika platformasida BB yoki undan yuqori reytingga ega bölişi şart.

Transport-logistika markazlari reyestriga kiritilgan markazlar uçun respublikada işlab çiqarilmaydigan omborxona uskunalari, yuk ortiş-tuşiriş texnikasi, agregatlar va ehtiyot qismlar 2029-yil 1-avgustgaça bojxona boji hamda majburiy sertifikatlaşdan ozod qilinadi.

Bundan taşqari, M₂, M₃ va N toifadagi transport vositalarini işlab çiqaruvçi korxonalar 2027-yil 31-dekabrgaça respublikada işlab çiqarilmaydigan komponentlarni bojxona boji tölamasdan import qilişi mumkin böladi.