Sudlanuvçi Şeyxnazar Rözmetovning advokati sudning muzokara qismida himoyasi ostidagi Rözmetovga qöyilgan ayblovlarni olib taşlaşni söradi. Şuningdek, Rözmetovning oddiy oiladan ekani, hali talaba bölib, diplomini ham qöliga olmaganini ta'kidladi.
Himoyaçi, Rözmetov bakalavriatga ham, söng magistraturaga ham grant asosida qabul qilingani, davlat şunça vaqt tekin öqitib, endi javobgar qilib yuborişi notöğri ekanini qöşimça qildi.
Şuningdek, muzokarada marhum F.Rustamovning turmuş örtoği ham sönggi sözlarini aytdi. U suddan aybdorlar aybiga yaraşa jazolanişini söradi.
Sud majlisida Yöldoşeva suddan sudning muzokara qismida sönggi söz örnida fikrlarini bildiriş uçun 2 kun vaqt söradi. Yöldoşevaning muzokara sözi keyingi sud majlisiga qoldirildi.
Sud 18 martga qadar tanaffus e'lon qildi.











