2022 yil 15 avgustda Oliy sud Guljahon Yöldoşeva işi böyiça çiqarilgan avvalgi qarorlarni bekor qilib, qayta körişga yuborgan edi. Kun.uz kolumnisti Şokir Şaripov şifokor bilan bölib ötgan voqealar haqida suhbatlaşdi.

Eslatib ötamiz, Toşkent viloyati boş infeksionisti, Çirçiq şahridagi viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori lavozimida işlagan Guljahon Yöldoşeva koronavirus pandemiyasi paytida OAV orqali şifoxonaga kerakli yordam körsatilmayotgani, personalga va’da qilingan pul mukofotlari berilmayotganini aytgan, şundan keyin uning ustidan jinoyat işi oçilgan edi.

— Keling, xayolan öşa paytga qaytaylik. Pandemiya boşlandi. Öşa paytdagi taassurotlaringizni yodga oling.

— Qariyb 24 soat işlardik. Hatto dam olganda telefonlar yoniq turişi kerak edi, aloqada böliş lozim edi.

— Qayerdan bunça kuç?

— Odamlarning tuzalib ketişiga hissamiz qöşilayotgani hissi kuç berdi, bemorlarning köpi kasallikni yengib, şifoxonamizdan tuzalib çiqişi va ularga yordamni şaxsan biz berayotganimiz hissi.

— Bemor hayotdan köz yumsa, şifokor nimani his qiladi?

— Şaxsan mening faoliyatimda bu bölmagan – bemorlarim orasida ölim holati bölmagan. Ammo şifoxonada ölimlar böladi. Qanday inson bölişidan qat’i nazar, bunda xohlang-xohlamang közingiz yoşga töladi. Pandemiya paytida hammamiz yiğloqi bölib qolgandik. Hatto telefon orqali bir-birimizga falonçi bemor hayotdan köz yumdi, deb aytganimizda yiğlardik, qattiq ta’sirlanardik.

Psixiatriyada “çegara” holati degan tuşunça bor, har bir narsadan junbuşga keliş holati. Şunday holatda edik, kimdir nimadir deb qöysa ham, yiğlavorardik. Yiğisiz gaplaşib bölmay qolgandi.

— Yiğlagansizlar va işlagansizlar.

— Ha, yiğlaganmiz va işlaganmiz… Hozir ham sizga bularni gapiryapman, közlarim yana yoşga tölyapti. Fe’lim aslida qattiqroq, bolaligimdan odamlar orasida his-tuyğularimni körsatmay ösganman. Lekin pandemiya paytida köp yiğlar edim.