Bugun, 5 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Çirçiq şahar sudida Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi boş şifokori Guljahon Yöldoşeva va boşqalarga nisbatan sud jarayonlari nihoyasiga yetdi.

Sudlanuvçilarga nisbatan sud hukmi öqildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Sud hukmiga köra, Yöldoşeva Guljahon Toirovna JKning 167-moddasi 2-qismi «a, b, v, g» bandlari, 207-moddasi 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan deb topildi.

Şifokor, şuningdek, JKning 25, 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ham ayblangan edi, ammo u uşbu ayblov böyiça sud tomonidan JPKning 83-moddasi 1-qismiga asosan reabilitatsiya qilindi.

Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida Guljahon Yöldoşevaga tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatiladigan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilinib, 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.

Şifokorga soat 22:00 dan 06:00 ga qadar yaşaş joyidan çiqmaslik, mahkumlarni nazorat qiluvçi organning roziligisiz yaşaş joyidan taşqariga çiqmaslik va yaşaş joyini özgartirmaslik kabi çeklovlar belgilandi.

Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan, Guljahon Yöldoşeva 2020 yil 8 sentyabrda uşlanib, sud hukmi çiqarilgan kun, ya'ni 2021 yil 5 aprelga qadar unga nisbatan qamoqqa oliş va uy qamoği ehtiyot çoralari qöllanilganini inobatga olib, tayinlangan ozodlikni çeklaş jazosi muddatidan 6 oy 27 kunni çiqarib, ötaş uçun unga 3 yil 5 oy 3 kun muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.