2022 yil 15 avgust kuni Özbekiston Oliy sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi Toşkent viloyati sobiq boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva va boşqalarga oid jinoyat işini oçiq sud majlisida körib çiqdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

2021 yilning 5 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Çirçiq şahar sudida Guljahon Yöldoşeva va boşqalar ustidan hukm öqilgan edi. Bu hukm bilan Yöldoşeva Jinoyat kodeksining 3 ta moddasi böyiça aybdor deb topilgan hamda unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş va 3 yil muddatga mansabdor sifatida işlaş huquqidan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Toşkent viloyati sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasi 2021 yil 23 noyabrda çiqargan ajrim bilan, hukm qisman özgartirilib, ozodlikni çeklaş jazosi muddati 2 yil 8 oy 10 kunga tuşirilgan.

Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining ajrimiga köra, apellyatsiya instansiyasi sudi işni körişda:

  • Jinoyat protsessual kodeksining 22-, 23-, 95-, 112-, 464-, 467-moddalarida belgilangan talablarni buzgan, ya’ni –
  • haqiqatni aniqlaş, aybsizlik prezumpsiyasi prinsiplariga hamda ayblov hukmi çiqariş asoslariga rioya qilmagan;
  • jinoyat sodir etilişining iş böyiça barça mumkin bölgan holatlarini tekşirmagan;
  • sudlanuvçi, jabrlanuvçilar va guvohlarning körsatuvlarini, şuningdek, har bir dalilni işga aloqadorligi, maqbulligi va işonçliligi nuqtai nazaridan baholamagan.

Şu va boşqa qator asoslar tufayli Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining ajrimi bilan apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimining Guljahon Yöldoşeva, Jahongir Ziyodullayev, Alişer Dadamatov va Janar Akimovga oid qismi bekor qilindi.

Jinoyat işining bu qismi yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida köriş uçun yuborildi.

Eslatib ötamiz, Çirçiq şahrida joylaşgan Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasining boş vraçi lavozimida işlagan, viloyatning sobiq boş infeksionisti Guljahon Yöldoşeva koronavirusga çalingan bemor ölimi va 250 mln söm budjet mablağlarini talon-toroj qilganlikda ayblanib, 2020 yilning 8 sentabr kuni hibsga olingandi.