5 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Çirçiq şahar sudida Toşkent viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasi sobiq boş şifokori Guljahon Yöldoşeva va boşqalarga sud hukmi öqildi.

Sud hukmi bilan, Guljahon Yöldoşeva Jinoyat kodeksining:

  • 167-moddasi 2-qismi «a, b, v, g» bandlari (rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş);
  • 207-moddasi 3-qismi «a» bandi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş);
  • 209-moddasi 2-qismi «a» bandi (mansab soxtakorligi)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan deb topildi.
7Zd_QsOlk5T54SpYadzWrRh_dg-91unn.jpg (1000×650)
Guljahon Yöldoşeva

Şifokor, şuningdek, JKning 25,167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ham ayblangan edi, ammo u uşbu ayblov böyiça sud tomonidan JPKning 83-moddasi 1-qismiga asosan reabilitatsiya qilindi.

Yöldoşeva 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatiladigan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilinib, 4 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilindi.

Unga nisbatan soat 22:00dan 06:00gaça yaşaş joyini tark etmaslik, ruxsatsiz yaşaş joyini özgartirmaslik kabi çeklovlar kiritildi.

NMJ7B3zluPTt_dKd5nbP-LhxnVNXmvW-.jpg (1000×650)
Şeyxnazar Rözmetov

Sud hukmi bilan, sudlanuvçi Şeyxnazar Rözmetov (şifoxonaning sobiq infeksionist şifokori) JKning 116-moddasi 3-qismi, 228-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari, 228-moddasi 3 qismida nazarda tutilgan jinoyatlar sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Ş.Rözmetov tayinlangan jazolarni qisman köşiş yöli bilan 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilinib, 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilindi.

Ş.Rözmetov 2020 yil 4 oktyabrda uşlanib, 2020 yil 22 oktyabrga qadar qamoqqa oliş ehtiyot çorasi köllanilganini inobatga olib, tayinlangan ozodlikni çeklaş jazosi muddatidan 18 kunni çegirib, ötaş uçun unga 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilib, 2 yil 11 oy 12 kun muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.