Nafsilamrini aytganda, özi umumiy çeklovlar bekor qilingani ham yöq edi. Niqob taqiş, masofa saqlaş, jamoat joylarga kirişda antiseptik vositalardan foydalaniş, haroratni ölçaş heç qaçon bekor qilinmagan. Lekin bu qoidalarga ançadan beri rioya qilinmayapti.

Tegişli qoidalar asosida erkinliklar berildi: jamoat transporti harakati tiklandi, ta'lim maskanlari va umumiy ovqatlaniş şoxobçalari oçildi, buyum bozorlari işga tuşdi, ommaviy tadbirlarga ruxsat berildi.

Ammo bu erkinliklar uçun joriy etilgan talablar şunçaki qoğozda qoldi. Umuman, 2020 yil oxiriga kelib Özbekiston aholisi karantin hali bekor qilinmaganini deyarli butkul unutib yuborgandi. Avval 30, keyin 100 kişiga qadar ruxsat berilgan töylar pandemiyadan avvalgi körinişga qaytdi. Vaholanki, töyxona va kafe-restoranlarda nazorat örnatilişi hamda taşrif buyuruvçilarda PZR test natijasi bölişi lozim edi.

Ommaviy tadbirlar esa qizğin tus olmoqda. Muxlislarga tölgan stadionlarda, «Million» jamoasining, Yulduz Usmonovaning konsertlarida ham zallar liq töldi, masofa butkul, niqob esa deyarli unutildi.

Holbuki, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga köra, konsert va tomoşa tadbirlarini ötkazişga ruxsat berilganda quyidagi talablar belgilangan edi:

• konsertlarda tomoşabinlar sonini 50 foizdan oşirmaslik;

• tomoşabin örindiqlaridan oraliq masofani saqlanişini ta'minlaş (orada bitta örindiq qoldiriş);

• konsertga kelgan tomoşabin hamda xizmat körsatuvçilar niqobda bölişi.

Bu qadar erkinlikka kim yöl qöyayotganini sörab «Özbeknavo» estrada birlaşmasiga murojaat qilganimizda, bu taşkilot vakili faqat san'atkorlarga litsenziya berişi, ommaviy tadbirlardagi tartibga javobgar emasligini bildirdi.

Maxsus komissiya vakili Nurmat Otabekov Özbekistonda niqob taqiş, ijtimoiy masofa, antiseptik vositalardan foydalanişga amal qilinmayotganini, bu soğlik uçun kerakligini aytdi.

Bugungi kunga kelib jahonda koronavirusga çalinganlar soni 120 milliondan oşgan, Özbekistonda 2020 yil martidan buyon har kuni yangi kasallaniş holatlari aniqlanib kelmoqda. Birinçi tölqinda hosil qilingan immunitet muddati allaqaçon tugagan, sönggi haftalarda Toşkent şahrida kunlik körsatkiçlar yil boşidan buyon rekord darajaga çiqa boşlagani ham şundan dalolat beradi.

Endilikda hukumat karantin qoidalariga amal qilinişi ustidan nazoratni kuçaytira boşladi, köçalarda niqobsiz yurganlar va ijtimoiy masofani saqlamayotganlarga yana jarima qöllanmoqda.

Konspirologik nazariyalar işqibozlari «vaksinani sotiş uçun qilingan öyin» deya baholayotgan bugungi vaziyat aslida jiddiy e'tiborni talab qiladi. Unutmang, heç kim bizni virusdan özimizçalik himoyalay olmaydi!

Abror Zohidov, Gulmira Toşniyozova,
tasvirçi Muhiddin Qurbonov.