Surxondaryo viloyati ilmiy-tajriba stansiyasi sobiq boş hisobçisiga nisbatan 264,4 million söm budjet mablağlarini talon-toroj qilgani uçun jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma'lum qilmoqda.
Qayd etilişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Termiz tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda Paxta seleksiyasi uruğçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi sobiq boş hisobçisi M.A. hamda boşqalar 123,5 mln söm iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlarni asossiz tayinlaşgan.
Bundan taşqari, stansiya balansida bölgan 129,9 mln sömlik transport vositalarini soxta hujjatlar tayyorlaş yöli bilan özlaştirib, jami 264,4 mln söm budjet mablağlarini rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Ma'lum qilinişiça, mazkur holat yuzasidan M.A. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qiliş), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aksilmonopoliya qömitasining Surxondaryodagi boşqarmasi mas'ul xodimi pora bilan uşlandi









