
Press-tur davomida dastlab OAV xodimlari “Qörğontepa gaz töldiriş şoxobçasi” faoliyati bilan qisqaça taniştirildi.
Jamiyat tomonidan viloyat böyiça 423 mingdan ortiq iste'molçilarga 584 ming donadan ziyod maişiy gaz ballonlari orqali suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda. Iste'molçilarning gaz ballonlar bilan ta'minlanganlik darajasi 137 foizga yetkazilgan. Barça iste'molçilarga 3ta gaz töldiriş stansiya va şoxobçalari orqali suyultirilgan gaz yetkazib beriş yölga qöyilganligi ta'kidlandi.

Viloyatda 221 013ta xonadonga zamonaviy elektron gaz hisoblaş uskunalari örnatilişi rejalaştirilgan bölib, şundan, 37 365 donasi köp qavatli uylarga, 177 404 donasi esa hovli uylarga örnatilişi közda tutilgan. “Aqlli” gaz hisoblaş uskunalarini örnatiş dastlab Andijon şahridagi “Mustaqillikning 20 yilligi” MFY öramida joylaşgan Uçqörğon köçasida boşlangan bölib, şu kunga qadar viloyat böyiça 104 122ta xonadonga hisobdonlar örnatib bölindi.
Press-tur yakunida matbuot konferensiyasi ötkazildi. Unda iştirok etgan Kun.uz muxbiri elektron hisoblagiçlar örnatilgandan söng tabiiy gaz bosimining tuşib ketayotgani va bu holatga nima sabab bölayotgani yuzasidan mutasaddilarga savol bilan murojaat qildi.

Mutasaddilarning ta'kidlaşiça, gaz bosimi pasayişiga sabab elektron hisoblagiçlarning ayrimlarida kuzatilayotgan nosozliklar va tabiiy gazdan yuzaga kelgan qarzdorlik bartaraf etilmaganligida. Yuqoridagi holatlar kuzatiladigan bölsa, fuqaro öz hududidagi gaz ta'minoti filiallariga murojaat qilişi mumkinligi aytib ötildi










