Sertifikat odam koronavirusga qarşi emlangani, virusga manfiy test topşirgani va koronavirusga çalingandan keyin soğayganining isboti böladi. Ta'kidlanişiça, bu vaksina olişni istamayotgan odamlarning tahqirlanişidan qoçişga imkon beradi.

Hujjat qoğoz yoki raqamli formatda bepul taqdim etiladi. U haqiqiyligini isbotlaş uçun maxsus QR-kodga ega böladi.    

Sertifikat Yevropa ittifoqiga a'zo barça davlatlarda amal qiladi hamda uni Islandiya, Lixtenşteyn, Norvegiya va Şveytsariya fuqarolari ham olişi mumkin. Sertifikatni nafaqat YeI fuqarolari, balki ularning oila a'zolari fuqaroligidan qat'i nazar olişi kerak böladi. U, şuningdek, YeIda yaşovçi fuqaroligi yöq odamlarga va sayyohlarga berilişi lozim böladi.

“Raqamli yaşil sertifikat vaqtinçalik çora. U JSST koronavirus bilan boğliq favqulodda vaziyat yakunlanganini e'lon qilişi bilan töxtatiladi”, deb aytilgan Yevrokomissiya xabarida.