Prezidentning “Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş Milliy kengaşi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Nizomga köra, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy kengaşi korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni amalga oşiruvçi va unda iştirok etuvçi organlar hamda taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi organ hisoblanadi.
Milliy kengaş tomonidan qabul qilinadigan qarorlar barça davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, jamoat birlaşmalari va boşqa taşkilotlar tomonidan ijro etilişi majburiydir.
Milliy kengaş öz faoliyatida Özbekiston Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oliy Majlis palatalari qarorlariga, prezident farmonlari, qarorlari va farmoyişlariga, nizomga hamda boşqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Milliy kengaş öz faoliyatini davlat organlari, boşqa taşkilotlar hamda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça hududiy kengaşlar bilan özaro hamkorlikda amalga oşiradi.
Milliy kengaşning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat dasturlari va boşqa dasturlar işlab çiqilişi hamda amalga oşirilişini taşkil etiş;
- korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni amalga oşiruvçi va unda iştirok etuvçi organlar hamda taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştiriş va hamkorligini ta'minlaş;
- korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasida ommaviy axborot vositalari, nodavlat-notijorat taşkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning birgalikdagi samarali faoliyatini ta'minlaş;
- aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirişga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga doir çora-tadbirlar işlab çiqilişi hamda amalga oşirilişini taşkil etiş;
- yoşlarda korrupsiyaga qarşi immunitetni mustahkamlaş maqsadida maktablar, kasb-hunar kollejlari va oliy öquv yurtlarida korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş fanlari ötilişini taşkil etiş va uni nazorat qilib boriş;
- “Korrupsiyasiz soha” dasturini muntazam tarzda joriy etiş va sohalar qamrovini kengaytiriş;
- davlat va xöjalik boşqaruvi sohalarida yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş çoralarini köriş va ularni takomillaştiriş;
- davlat organlari, korxonalar va hududlarda korrupsiya hamda yaşirin iqtisodiyotni baholaş, şuningdek reytingi past bölgan sohalar va hududlarning taşkiliy çora-tadbirlar rejasi ijrosini nazorat qiliş;
- davlat xaridlaridan barça xabardor bölişi mumkin bölgan oçiq va şaffof tizim taşkil etiş hamda kuzatib boriş;
- investitsiya loyihalarini amalga oşirişda “Korrupsiyaga qarşi ekspertiza” ötkaziş tizimi işlab çiqiş va uni nazorat qilib boriş;
- davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat uluşi bölgan korxonalar, şu jumladan banklarda korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimi (“komlayens-nazorat”) hamda korrupsiyaga qarşi kuraşişning boşqa xalqaro vositalarini joriy etiş işlari böyiça ma'ruzalar tinglaş;
- davlat va xöjalik boşqaruvi sohalarida zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarşi monitoring olib boriş va ularning mazkur sohadagi faoliyati böyiça reytingini tuziş işlarini kuzatiş;
- davlat xizmatiga halollik standarti va manfaatlar töqnaşuvini hal etiş me'yorlarini joriy etişda kömaklaşiş böyiça ta'sirçan çoralar köriş, şuningdek ularga rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
- korrupsiya holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarşi çoralar köriş samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boşqa tadqiqotlar loyihalari yuzasidan takliflar beriş;
- respublikada korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi işlar holatini kompleks örganiş;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar oldini olişga, ularni aniqlaşga, ularga çek qöyişga, ular oqibatlarini, şuningdek ularga imkon beruvçi sabablar va şart-şaroitlarni bartaraf etişga doir çora-tadbirlar samaradorligi oşirilişini ta'minlaş;
- korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilişi yuzasidan monitoring amalga oşiriş, uşbu sohadagi mavjud taşkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlar samaradorligini baholaş;
- korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisidagi qonun hujjatlarini takomillaştiriş va uşbu sohadagi işlarni yaxşilaş yuzasidan takliflar tayyorlaş;
- korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça hududiy kengaşlar faoliyatini muvofiqlaştiriş;
- qonun hujjatlariga binoan boşqa vazifalarni amalga oşiriş.












