Şimoliy Koreya taşqi işlar vazirligi Malayziya bilan diplomatik aloqalar uzilişini e'lon qildi. Bunga esa Şimoliy Koreya fuqarosining AQŞga ekstraditsiya qilinişi sabab böldi.   

Avvalroq AQŞning Federal qidiruvlar byurosi Malayziyada yaşovçi şimoliy koreyalik biznesmenni BMT sanksiyalarini buzgan holda Singapurdan  Pxenyanga taqiqlangan buyumlarni yetkazişda ayblagan. Malayziya oliy sudi tadbirkorni AQŞga ekstraditsiya qilişga ruxsat bergan. Pxenyan esa biznesmen “qonuniy taşqi savdo faoliyati” bilan şuğullanganini ta'kidlamoqda.  

“Butun dunyo uçun hayratlanarli bu hodisa AQŞning duşmanona siyosati tomonidan yaratilgan va mamlakatimizni yakkalaş hamda böğişga qaratilgan  Koreyaga qarşi fitnaning oçiqça “mahsuloti” va Malayziya hukumatining AQŞga laganbardorlik qilişi hisoblanadi”, deb aytilgan Koreya Markaziy telegraf agentligi bayonotida. 

Uşbu voqealar ortida Pxenyan “AQŞga yoqiş uçun Şimoliy Koreyaga qarşi duşmanona harakat sodir etgan” Malayziya bilan diplomatik aloqalarni uzişga qaror qilganini ma'lum qilgan. Şimoliy Koreya Malayziya hukumati bunday harakatlarning ikki davlat örtasida yuzaga keladigan barça oqibatlari uçun töliq javobgar ekanidan ogohlantirgan.

Pxenyan, şuningdek, AQŞ “uşbu hodisaning sahna ortidagi boşqaruvçisi va boş sababçisi” sifatida “tegişli tovon tölaşini” aytgan.