Vazirlar Mahkamasining “Don xavfsizligi töğrisida”gi umumiy texnik reglamentni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Reglament loyihasi Özbekiston hududida muomalaga çiqariladigan, oziq-ovqat va ozuqa-yem maqsadlari uçun foydalaniladigan donga taalluqli bölib, uruğlik maqsadlari uçun möljallangan donga taalluqli emas.
Reglamentni işlab çiqişdan maqsad - inson hayoti va soğligi, jismoniy va yuridik şaxslar mol-mulki, davlat mol-mulkini himoyalaş, atrof-muhit, jonivorlar va ösimliklar hayoti yoki soğligini muhofaza qiliş, şuningdek don xavfsizligiga nisbatan çalğituvçi harakatlar oldini oliş maqsadida, don va u bilan boğliq jarayonlarga qöyiladigan, qöllaş va bajariş uçun yagona, majburiy xavfsizlik talablarini örnatişdan iborat.
Qayd etilişiça, reglamentda don işlab çiqarişga qöyilgan talablarga nisbatan qöllaniladigan öğitlar va pestitsidlarga taalluqli bölişi mumkin bölgan xavflar hisobga olingan. Reglament talablariga javob bermaydigan don uçun uni utilizatsiya qiliş jarayoniga qöyiladigan talablar örnatildi.
Umumiy texnik reglament loyihasi qabul qilinişidan kutilayotgan natijalar quyidagiça:
- oziq-ovqat va ozuqa-yem maqsadlariga möljallangan donni u bilan boğliq işlab çiqariş, saqlaş, taşiş, muomalaga çiqariş va utilizatsiya qiliş jarayonlari xavflilik darajasining kamayişi;
- don yaxşi saqlanişini ta'minlaş va keyinçalik undan oqilona foydalanişga ma'lum darajada ijobiy ta'sir körsatiş;
- donni saqlaş va qayta işlaşda uning işonçliligi va barqarorligini ta'minlaş maqsadida, xavfsizlik darajasini oşiriş uçun yangi zamonaviy texnologiyalar va don xavfsizligini baholaş usullari joriy etilişini tezlaştiriş;
- donni qadoqlaş va tamğalaşga muayyan talablarni örnatiş hisobiga iste'molçilarni çalğituvçi harakatlar oldini oliş;
- 50dan ortiq standartlaştiriş böyiça me'yoriy hujjatni qöllaşda ixtiyoriylikka ötkaziş hisobiga, texnik jihatdan tartibga soliş sohasiga oid amaldagi me'yoriy hujjatlar sonini qisqartiriş.












