Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasida içimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga ixtiyoriy depozit tizimini joriy etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Içimlik mahsulotlari iste'mol qadoqlarini xöjalik aylanmasiga jalb qiliş mexanizmlarini takomillaştiriş va ular çiqindilari hosil böliş hajmlarini kamaytiriş maqsad qilingan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining Özbekistonda içimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga ixtiyoriy depozit tizimini joriy etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanadi.
Içimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi.
Davlat ekologiya qömitasi içimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy joriy etiş sohasidagi işlarni muvofiqlaştiriş böyiça vakolatli organ etib belgilanadi.
Belgilanişiça:
- içimlik mahsulotlarining iste'mol qadoqlariga depozit tizimini ixtiyoriy tatbiq etiş, tadbirkorlik sub'yekti tomonidan taşabbus qilinadigan depozit tizimini joriy etiş loyihasi Davlat ekologiya qömitasi tomonidan ma'qullanganidan keyin amalga oşiriladi;
- içimlik mahsulotini joylaştiriş, himoyalaş, yetkazib beriş, saqlaş, taşiş va namoyiş qiliş uçun möljallangan, har qanday materialdan tayyorlangan, birlamçi (mahsulotga tegib turadigan) qadoq idiş (tara) depozit tizimi obekti hisoblanadi;
- taraga depozit markirovkasini tuşiriş içimlik mahsulotini bozorga dastlabki joylaştiruvçi (muomalaga çiqaruvçi) tadbirkorlik sub'yekti tomonidan amalga oşiriladi.
Özbekiston hududida içimlik mahsulotini muomalaga çiqaruvçi tadbirkorlik sub'yektlariga iste'mol qadoqlariga depozit tizimini tatbiq etiş tavsiya etiladi.












