2026-yil 1-avgust holatiga bank tizimi aktivlari 1 016,6 trln soʻmga yetib, oʻtgan yilning mos sanasiga nisbatan 19 foizga oshdi. Markaziy bankning bildirishicha, bir yil avval ushbu koʻrsatkich 852,4 trln soʻmni tashkil etgan.

Banklarning kredit qoʻyilmalari ham oʻsishda davom etib, 576,2 trln soʻmdan 644,6 trln soʻmga yetdi. Yillik oʻsish 12 foizni tashkil etdi. Natijada iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan kreditlar hajmi bir yil davomida qariyb 68,4 trln soʻmga koʻpaydi.

Eng yuqori oʻsish depozitlarda kuzatildi. Banklardagi jami depozitlar 360,4 trln soʻmdan 482,7 trln soʻmga yetib, 34 foizga oshdi. Yaʼni bir yil ichida bank tizimidagi depozitlar hajmi 122 trln soʻmdan ziyodga koʻpaygan.

Bank tizimining jami kapitali 127 trln soʻmdan 150,6 trln soʻmga yetib, 19 foizga oshdi. 

Qayd etilishicha, depozitlarning kreditlarga nisbatan yuqoriroq surʼatda oʻsishi banklarning ichki resurslar bazasini kengaytirishga xizmat qilmoqda.