21 mart kuni Möynoq tumanidagi yölda mast haydovçi YPX xodimini urib ketdi. Qoraqalpoğiston IIVning xabar berişiça, Yöl patrul xizmati boşqarmasining 3-köçma guruh inspektori Qairbayev Daniyar Möynoqdagi 4R-173 avtomobil yölining 91-93 km oraliğida xizmat vazifasini bajarayotgan bölgan. Şu paytda UAZ-3303 rusumli maşinani mast holda boşqarib kelayotgan haydovçini töxtatmoqçi bölgan vaqtda  xodimni urib yuborgan. 

Yöl transporti natijasida inspektor voqea joyida vafot etgan. Hodisani sodir etgan haydovçiga nisbatan qanday çora körilgani haqida hozirça ma'lumot berilmadi.

Eslatib ötamiz, oldinroq Nukusda mast holda avtotransport vositasini boşqargan 2 nafar haydovçi aniqlangandi (https://t.me/kunuzqoraqalpogiston/2861). Ularning biriga eng kam iş haqining 20 barobari miqdorida jarima, ikkinçisi esa 1 yil 6 oy muddat davomida avtotransport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilingandi.