Jamiyat | 10:04
6418
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Lacetti haydovchisi YPX inspektorini urib yubordi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida YPX inspektori jarohat oldi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv olib borilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Shahrisabz – Mustaqillik shohko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi, 2000 yilda tug‘ilgan A.X. harakat davomida chorrahada o‘z yo‘nalishini keskin chapga o‘zgartirgan. Chapga burilish paytida u chorraha markazida xizmat olib borayotgan yo‘l-patrul xizmati (YPX) inspektorini urib yuborgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan YPX inspektoriga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati barcha yo‘l harakati qatnashchilarini yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.

Mavzuga oid