Navoiy viloyatining Zarafşon şahrida mudhiş jinoyat sodir etildi. Akasining ta'ziyasidan qaytgan erkak içkilik oqibatida turmuş örtoği va uning tanişlarini piçoqladi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Zarafşon şahrida yaşovçi B.M. 18 mart kuni taxminan soat 23:30larda Konimex tumanidan, akasining ta'ziyasidan uyiga kelgan va turmuş örtoği T.N. yöqligini körib, unga qönğiroq qilgan. Turmuş örtoği esa tanişi Z.B.ning uyida ekanligini, şu yerga kelişini aytgan.
Aytilgan manzilga borgan er u yerda turmuş örtoği hamda uning tanişlari spirtli içimlik içib ötirganini köradi. Fuqaro Z.B. undan aroq olib kelişni söraydi. B.M. köçadan aroq olib keladi va uydagilar bilan birga iste'mol qilişadi.
Içkilik özaro janjalga aylangan. Er stol ustida turgan oşxona piçoğini olib, turmuş örtoği va uning tanişlarini piçoqlagan. Söngra uyning kalitini topib, taşqaridan qulflab ketgan. Oqibatda fuqaro Z.B. voqea joyida vafot etgan. T.N. va P.A. şifoxonaga olib ketilgan.
Zarafşon şahar IIB tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda fuqaro B.M. uşlangan.
Mazkur jinoyat viloyat hamda Zarafşon şahar sektor rahbarlari iştirokida keng jamoatçilik oldida muhokama etilgan hamda tungi paytlarda tegişli ruxsatnomalarsiz spirtli içimlik sotayotganlar mahalla faollari, hudud profilaktika inspektorlari tomonidan alohida nazoratga olinişi böyiça topşiriq berilgan.
Oldinroq Navbahor tumanida ham 52 yoşli fuqaro içkilik oqibatida 40 yoşli tanişini piçoqlab öldirgan edi.










