Mass-media fondi raisi Komil Allamjonov Kun.uz'ga bergan intervyusida şunday fikr bildirdi.
Ma'lumot uçun, sönggi 5 yilda Özbekistonda röy bergan yöl-transport hodisalarida 10 mingdan ortiq odam halok böldi.
«Mana, yaqinda ma'lumot çiqdi, ötgan yili ikki mingga yaqin odam YTH qurboni bölgan. Şunça ölikni bir joyga töplab yoyib qöyişni tasavvur qilsangiz tuşunasiz buning vahimasini. Biz yöllarda vafot etayotganlar sonini şunaqangi oddiy qabul qilamiz, ana muammo qayerda. Aslida şu narsalarni, ularning sabablarini muhokama qilişimiz kerak.
Yöllardagi infrastruktura va boşqa köplab masalalar bor deyişadi. Ha, bular ham töğri, lekin men Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasidan olgan rasmiy ma'lumotlarimga köra, aksariyat avariyalar bilimsizlik va yöl qoidalarini yaxşi bilmaslikdan kelib çiqadi. Mana asl masala qayerda.
Mening şaxsiy fikrim – har qanday qoidabuzarlik jazoga tortilişi kerak. Har qanday qoidabuzarlikka jamoatçilik befarq bölişi kerak emas. Jamoatçilik faol bölişi tarafdoriman. Jamoatçilik nazorati har doim yuqori bölişi kerak, şundagina biz taraqqiy etişimiz mumkin.
Qoidabuzarliklarni rasmga olib yuborayotganlar har xil nomlar bilan atalişiga men mutlaqo qarşiman. Men qonunlar hukmron bölgan, huquqiy davlatda yaşaş tarafdoriman. Biz şunday davlat qurişga harakat qilişimiz va şunga çaqirişimiz kerak.
Qabul qilingan qonun böyiça odamlarga yoqiş uçun ularning dilidagi gaplarni gapirişimiz kerak emas, töğri narsani gapirişimiz kerak. Qonun yoki qaror notöğri bölsa, uni çiqargan odamni tanqid qilib, unga murojaat qiliş kerak. Butun jamoatçilikni bir-biriga qayrab, bir-biriga qarşi qilişga mutlaqo qarşiman.

Yöldagi ahvol esa rosmana rasvo. Yöllardagi 90 foiz haydovçilarimizning bilimi yöq. 90 foiz haydovçilar avtomaktabni bitirganda yo darslarga bormagan, yo pul bergan, yo haydovçilik guvohnomasini sotib olgan yoki imtihonlarni qönğiroq yo pul orqali hal qilgan.
Yöl qoidalari nimaga öqitiladi? Agarda avariyalar köproq infratuzilma bilan boğliq bölsa, unda öqiş nega kerak?
Özbekistonda har yili avtohalokatlar oqibatida minglab odamlar ölişi va minglab odamlar jarohat olişi bu – katastrofa. Biz bu boradagi statistik holat eng ayançli davlatlardan birimiz. Jamoatçilik şuni muhokama qilişi kerak.
Sotilayotgan «prava»lar, öquvçi darsga bormay haydovçilik guvohnomasi olayotgani, yöl harakati iştirokçilarining bilimsizligi va madaniyatsizligi – mana şular muhokama markazida bölişi kerak.
Yöl harakati qoidalarini buzayotgan odamlarni rasmga olib, qoidani buzmaslikka da'vat qilayotganlarni turli-tuman xunuk sözlar bilan haqorat qilgandan köra...
Men agar özim bir marta bölsa ham yöldagi qoidabuzarlik haqida xabar bergan bölganimda, borib ana şu deputatlarimizni sudga bergan bölardim. Qonun ijodkorlari qonun-qoidalar ustidan bunaqa munosabat bildirişi – mutlaqo madaniyatsizlik», – ta'kidladi Komil Allamjonov.
Avvalroq, Oliy Majlis deputati Rasul Kuşerbayev birovning qoidabuzarligini rasmga olib, pul işlayotganlar bugun 10 ming söm uçun odamlarni sotsa, ertaga 100 ming söm uçun vatanini ham sotişini aytib, buni «kozyollar jamiyati»ga öxşatgan edi.
Qonun işlab çiquvçi deputatning qonunlarga itoatsizlik haqida xabar berganlarni «kozyollar» deb ataşi bir neça oydan buyon davom etayotgan muhokamalarni qayta jonlantirdi.
«Yöl yomonligi uçun piyodalar aybdormas» — yana qoidabuzarlikni xabar qiliş böyiça bahslar haqida










