Axloq böyiça mustaqil qömita sudlov palatasi Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) sobiq prezidenti Yozef Blatter va taşkilotning sobiq boş kotibi Jyerom Valkeni FIFA axloq kodeksini buzişda aybdor deb topdi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar qilindi.
Ular futbol bilan boğliq har qanday faoliyatdan 6 yil 8 oy muddatga çetlaştirildi.
FIFA avvalroq Blatterga nisbatan jinoyat işi qözğatişni sörab, Tsyurix kantoni prokuraturasiga ariza bergandi.
Blatter va boşqa qator şaxslar 2016 yilda Tsyurixda oçilgan Jahon futboli muzeyi qurilişida mablağlar asossiz sarflanişiga olib kelgan şartnomalarni tuzişga aloqadorlikda gumon qilingan.
Ötgan yil noyabrda Şveytsariya federal prokuraturasi Yozef Blatter va UYeFA sobiq rahbari Mişel Platiniga nisbatan tergov işini kengaytirgandi.
Prokuraturaning ma'lumot berişiça, ularga nisbatan "tovlamaçilikda gumon qiliniş" böyiça ham suriştiruv olib borilmoqda. Şu sababli tergovçilar 1998–2015 yillarda FIFAni boşqargan Blatterning 2011 yilda taşkilot hisobidan Platini hisobiga 2 mln şveysar franki (1,8 mln yevro) ötkazganligi holatini örganmoqda.











