Oila boşliğining aytişiça, karantin vaqtida barça kasalxonalar bemorlarni qabul qilişni töxtatgaç bolaning ahvoli yomonlaşgan. Natijada bolaning öpkasida suv paydo bölgan. Viloyat markaziy şifoxonasi oçilgaç bemor 10 kun davomida reanimatsiyada yotadi.

«Hozir qonning talassemiya kasalligiga qöşimça yurak kasalligini ham orttirib olgan. Qizimning yuragida suv paydo bölgan. Bu kasallikni davolaş juda qiyin ekan, mablağ köp ketarkan. Şifokorlar bolaga ilik köçiriş operatsiyasini amalga oşirsa soğayib ketadi, deyişyapti.

Ayni vaqtda Respublika qon quyiş va gematologiya ilmiy markazida davolanyapmiz. Şundan söng operatsiya qilib bolamning taloğini oldiramiz. Operatsiyadan keyin ham qizimga doimiy ravişda qon quyib turişimiz kerak böladi. Hozir bizda operatsiya uçun ham unga keyingi dori-darmonga ham mablağimiz yetmay turibdi.

4 nafar farzandlarimdan biri ham aynan şu kasallikdan vafot etgan edi. Heç kimning farzandi kasal bölmasin ekan, inşalloh tuzalib çiqişiga umid qilyapmiz,” – deydi 12 yoşli qizning otasi Mingnorov Aşurbek.

Uning aytişiça, qizi soğligidagi muammolar tufayli şu yoşgaça uy şaroitida öqib kelmoqda. Unda ham 10-15 kun şifoxonada bölsa, uyga kelib 10 kunça öqiydi keyin yana şifoxonaga yotişga majbur.

«Salomatligi tufayli boşqa bolalarga qöşilolmaydi va tengqurlari bilan öynolmaydi ham. Qizim katta bölsa öziga öxşagan bemorlarga yordam beradigan şifokor bölmoqçi,” – deya qöşimça qildi Aşurbek Mingnorov.

Mavludaxon Toşboyevaga oid ma'lumotlar:

Uzcard: 8600 0417 6930 7571 (otasi Mingnorov Aşurbek nomida)

Sberbank: 5336 6902 3532 3732 (qarindoşi Yusupov Azamat nomida)

Telefon: +99899 0353374

Farrux Absattarov
Tasvirçi Doniyor Yoqubov