Keça Nukusda Qoraqalpoğistonning «Aral samali» va Qaşqadaryoning «Şörtan» klublari örtasida Pro liga 1-turidan örin olgan bahs bölib ötgandi. Unda Nukus jamoasi 3:1 hisobida ğalaba qozondi.
Öyindan keyin Qoraqalpoğiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Ğayratbay Bayniyazov hamda Vazirlar Kengaşining mas'ul xodimi futbolçilar bilan qisqa muloqot qildi.
«Aral samali» futbolçilariga Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Vazirlar Kengaşi rahbariyatining tabriklari aytildi. Qoraqalpoğiston hukumati vakili Qoraqalpoğiston jismoniy tarbiya va sport vaziri Ğayratbay Bayniyazovga şaxsan Vazirlar Kengaşi raisi Qahramon Sariyev nomidan futbolçilarga rağbatlantiriş berilişini tayinladi. Agar har bir öyinda ğalaba qozonilsa, rağbatlantiriş muntazam berib borilişi aytib ötildi.
Bunga javoban öyinda dubl qayd etgan Azamat Allaniyazov har öyinda futbolçilarning ruhiyatini kötarib, faqat e'tibor qaratişlarini söradi.
Ma'lumot uçun, «Aral samali» Pro liga 1-turidan keyin peşqadam bölib turibdi. Qoraqalpoğistonlik futbolçilar bilan birga «Dinamo», «Buxoro» va «Xorazm» jamoalarida 3 oçkodan bor. Nukusliklar darvozaga kiritilgan gollar evaziga 1-örinda borişmoqda.
Eslatib ötamiz, «Aral samali» 2-tur Xorazm viloyatining «Xorazm» jamoasini Nukusda qabul qiladi. Öyin Nukusdagi «Futbol mahorat maktabi» maydonida soat 16:00 da boşlanadi.











