«Biz Yevrokomissiyadan «Sputnik V»ni xarid qiliş böyiça jarayonni boşlaşni söradik. Yevrokomissiya bu borada yaşil çiroq berişga hozirlik körmoqda», deydi vakil.
Vakilning sözlariga köra, Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqining qaysi davlatlari «Sputnik V»ga qiziqiş bildirayotganini örganmoqda. Bu pirovardida Bryussel nomidan şartnoma tuziş uçun Rossiya taraf bilan dozalar adadi borasida kelişilguniga qadar qilinadi. «Muzokaralar tez orada boşlanişini töğri deb bilamiz», deydi Germaniya hukumati vakili.
Ilgariroq Yevropa dori-darmon agentligi (YeMA)ning salomatlikka tahdid va vaksinatsiya strategiyasi departamenti boşliği Marko Kavaleri taşkilot aprel oyida «Sputnik V» vaksinasini tekşiriş uçun öz mutaxassislarini Rossiyaga jönatişini tasdiqlagan edi. Kavalerining sözlariga köra, nafaqat işlab çiqariş, balki klinik sinovlar ham tekşiriladi.
«Sputnik V» vaksinasi N.Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi tomonidan işlab çiqilgan bölib, Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ötgan yil 60 yoşgaça bölgan 76 nafar köngillida ötkazilgan ikkinçi faza sinovlaridan söng röyxatga olingan. 40 ming köngilli iştirok etgan 3-faza esa keyinroq ötkazilgan.
Lancet jurnalida 2 fevral kuni «Sputnik V»ning 19866 kişi qatnaşgan 3-faza sinovlarining ilk natijalari e'lon qilindi. Maqolada aytilişiça, Gamaleya nomidagi markaz ikkinçi doza olinganidan keyin preparatning samaradorligi 91,6 foiz ekanini ma'lum qilgan.
Yevropa dori-darmon agentligi (YeMA) mart oyi boşlarida vaksinani ekspertizadan ötkaziş jarayonini bosqiçma-bosqiç amalga oşirişga kirişdi.












