Markaziy bank 2020 yil yakunlari böyiça «Özbekiston Respublikasi tölov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va taşqi qarzi» naşrini taqdim etdi.
Qayd etilişiça, 2020 yil davomida Özbekiston taşqi savdo aylanmasi (nomonetar oltin va tuzatişlarni hisobga olgan holda) 31,9 milliard dollarni taşkil etgan. Savdo balansining defitsiti 6,2 milliard dollarga töğri kelgan.
Tovarlar eksportining tarkibiy qismlari
Markaziy bank ma'lumotiga köra, ötgan yili Özbekiston taşqi savdo aylanmasidagi eksport hajmi 12,8 milliard dollarni taşkil etgan.
Bunda tovarlar eksportining hajmi (nomonetar oltin eksportini va tuzatişlarni hisobga olmagan holda) 1,1 milliard dollarga yoki 20 foizga kamaydi (2019 yilda ösiş 560 million dollar yoki 7 foizni taşkil qilgan). Energiya mahsulotlari jahon narxlarining keskin tuşişi va asosiy iste'molçilar tomonidan ularga bölgan talabning pasayişi oqibatida gaz eksporti hajmida 2019 yilga nisbatan 79 foizga kamayiş kuzatildi.

2020 yilda tovarlar eksporti umumiy hajmining 77 foizi (nomonetar oltinni hisobga olmagan holda) oltita mamlakatga, jumladan 19 foizi Xitoyga, 17 foizi Rossiyaga, 14 foizi Turkiyaga, 10 foizi Qozoğistonga, 10 foizi Qirğizistonga hamda 6 foizi Afğonistonga töğri kelgan.
Şu bilan birga, tovarlar eksportining asosiy qismi:
- «qimmatbaho metallar va toşlar» – 5,9 milliard dollar (2019 yilda 5,1 milliard dollar);
- «tekstil va tekstil mahsulotlari» – 2,1 milliard dollar (2019 yilda 2 milliard dollar);
- «kelib çiqişi ösimlik bölgan mahsulotlar» – 1,2 milliard dollar (2019 yilda 1,4 milliard dollar);
- «qimmatbaho bölmagan metallar va ulardan buyumlar» – 1,1 milliard dollarni (2019 yilda 1,1 milliard dollar) taşkil qilgan.
Markaziy bankka köra, uşbu tovarlar guruhining uluşi jami tovarlar eksporti hajmining 91 foiziga teng. (2019 yilda ham 91 foiz)
Xomaşyo tovarlari (nomonetar oltin va tabiiy gaz) uluşi ötgan yilda jami eksport hajmining 49 foizini taşkil qilib, şundan 45 foizi nomonetar oltin va 4 foizi tabiiy gazga töğri keldi.
Bunda tabiiy gaz eksporti umumiy hajmining 94 foizi Xitoy, 5 foizi Tojikiston va 1 foizi Qirğizistonga töğri keladi.



Tovarlar importining tarkibiy qismlari
2020 yilda umumiy import hajmi 19 milliard dollarga teng böldi. Tovarlar importi hajmida 2019 yilga nisbatan 10 foizga kamayiş kuzatildi (2019 yilda ösiş 16 foizni taşkil qilgan).

Tovarlar importining asosiy qismi:
- «maşinalar, uskunalar, mexanizmlar» – 6 milliard dollar (2019 yilda 7,1 milliard dollar);
- «qimmatbaho bölmagan metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar» – 2,4 milliard dollar (2019 yilda 2,9 milliard dollar) ;
- «kimyo sanoati mahsulotlari»– 2,4 milliard dollar (2019 yilda 2,1 milliard dollar) ;
- «suv va havo transporti vositalari» – 2,2 milliard dollar (2019 yilda 2,8 milliard dollar) kabi guruhlarga töğri kelmoqda hamda ularning jami tovarlar importidagi uluşi 70 foizni taşkil qildi(2019 yilda 73 foiz).
2020 yilda 2019 yilga nisbatan barça asosiy savdo hamkorlari bilan tovarlar importi hajmi qisqargan bölib, bundan Rossiya va Qozoğiston mustasno.
Ma'lum qilinişiça, mazkur kamayiş hisobot davrida iqtisodiy faollikning susayişi bilan boğliq. Xususan, tovarlar importi hajmi Xitoydan 13 foizga, Koreya Respublikasidan 32 foizga, Turkiyadan 13 foizga qisqardi.
2020 yilda asosiy hamkor mamlakatlarning jami importdagi uluşi 67 foizni taşkil qilib, bunda Rossiya 21 foiz, Xitoy 21 foiz, Koreya Respublikasi 9 foiz, Qozoğiston 10 foiz va Turkiya 6 foizni taşkil qildi. (2019 yilda mazkur mamlakatlarning jami importdagi uluşi 68 foizni taşkil qilib, ularning har biri mos ravişda 18 foiz, 22 foiz, 12 foiz, 9 foiz va 6 foizga teng bölgan).
Şu bilan birga, Yevropa mamlakatlarining importdagi uluşi 23 foizdan 24 foizgaça ösdi va uşbu holat asosiy savdo hamkorlarining jami importdagi uluşi kamayişi bilan izohlanadi.











