Matbuotda amaldorlar şaxsiyati, oilasi haqida ma'lumotlar deyarli uçramas, ularning jamiyat, siyosat borasidagi fikrlari esa faqat «qizil gaplar» bilan çegaralanardi.
Oxirgi vaqtlarda bu «muzlik davri» erib, özbek amaldorlari va siyosatçilari matbuot uçun oçila boşladi. Jamiyatda asta-sekin amaldorlar va ularning şaxsiyati borasida fikrlar şakllanyapti.
Andijon viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonovni matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda qattiqqöl, sökonğiç, qahri qattiq, va jahldor bir inson sifatida köproq tanişadi. Har holda uning viloyatdagi turli içki yiğilişlar, selektorlarda aytgan keskin fikrlari, tanqidlarini odamlar yaxşi eslaşadi.
Kun.uz viloyat hokimlari bilan intervyularini aynan Şuhrat Abdurahmonovdan boşladi.
Şuhrat Abdurahmonov hokimlikka kelişi, Şavkat Mirziyoyev va Islom Karimovning e'tiboriga tuşişi haqida
— Agar har bir inson bugungi özgaruvçan zamonga moslaşmasa, öz ustida işlamasa, intilmasa, öqimasa çetga çiqib qoladi.
Men sovet ittifoqi davrida ham, birinçi prezident davrida ham va hozir ham işlayapman. Har uçala davrni bir-biri bilan soliştira olaman.
Zamonga, talabga moslaşişga intilayotganim uçun ham uzoqroq işlab kelayotgandirman.

Viloyat hokimligiga kelişimning asl sababçisi (buni siz va tomoşabinlar töğri qabul qilişini sörayman) hozirgi prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev hisoblanadi.
2004 yilda meni Paxtaobod tumanidagi ahvoli juda oğir sovxozga rais qilib yuborişdi. Öşa paytda sovxozning paxta «plan»i 23 foiz edi.
Uning orqadaligi esa hudud Qirğiziston bilan çegarada joylaşgani bölgan. Ammo ikki davlat çegarasi hatto sim tösiq bilan ham belgilanmagandi.
Öşa paytda biz tomondan 10 sömlik çigitni u tomonga ötkazib, 100 sömga, 10 sömlik neftni u tomonga ötkazib, 100 sömga sotişardi. Paxtaning narxi ham şunday edi.
Öşa yili kam uxlab bölsa ham, çegarada tayoq kötarib yurib, sovxozning paxta rejasini tumanda birinçi bölib bajarganman.
Buni öşa paytdagi boş vazirimiz Şavkat Mirziyoyev eşitgan ekan, e'tiboriga tuşdim. Özi şaxsan meni çaqirib, qabul qilgan, suhbatlaşib, qanday qilib bu natijaga erişganim haqida söragan.
Oçiğini aytaman, boşida juda qörqqanman. Hali juda yoş edim va ahvoli oğir joyda rahbarlik qilib, kadr sifatida sinib qolişim ham mumkin edi.

Şundan keyin boş vazirimiz birinçi prezidentimizga men haqimda axborot bergan. Eplaydi bu deya, Paxtaobod tumaniga hokimlikka qöyişdi.
Andijonda jami 14ta tuman bölsa, öşa paytlarda Paxtaobod tumani paxta, ğalla rejasini bajariş böyiça 13-örinda yurardi. Berilib işlab, harakat qilib, tumanni respublikada birinçi öringa olib çiqqanman.
Paxtaobodda 6 yillik hokimlikdan keyin Andijon viloyati hokimiga qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosar bölib ötdim.
Viloyat hokimi örinbosari sifatida ham ikki yil işladim.
2013 yil 1 aprelda esa meni viloyat hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi qilib tayinlaş böyiça Islom Karimovning farmoyişi çiqqan. Yaxşi eslayman, öşa kuni otam vafot etgandi.
Ikki prezident davrida ham viloyatga hokimlik qilib kelayotgan Şuhrat Abdurahmonov bu davrlar orasidagi farqni nimalarda köradi?

— Avvalgi davrlarda bizdan sörov kam bölardi. Ya'ni xalqni hayotdan rozi qiliş degan gap yöq edi. Asosiy sörov paxta, ğalla, pilla va yana 4-5ta körsatkiç böyiça bölardi.
Hokimlarning ham qöl-oyoği boğlangan, har bir qadamimiz nazoratda bölardi. Ikkinçidan, heç qanday moliyaviy imkoniyatimiz yöq edi.
Hozir esa qişloq xöjaligi, sanoat, quriliş, ijtimoiy soha va umuman hamma soha töliq hokim nazoratida. Hokimlar hattoki harbiy, ma'muriy sektorni ham boşqaradi.
Avvallari viloyatda hokim ham köp bölgan. Töğrisi, hamma öziga özi hokim edi. Hozir xalqning oldida ham, prezidentning oldida ham bitta odam javob beradi.
Avvallari biror qişloqqa borsak va u yerda qaysidir muammo haqida gapirilsa, biz uni hal qiliş uçun avval Moliya vazirligiga xat yozardik. Vazirlik esa pul ajratsa ajratardi, bölmasa yöq.
Şuning uçun bizga mahallalarga borişning qiziği ham yöq edi. Hozir yurgan yölimizda muammolarni hal qiliş bilan işlayapmiz.
25 yil töplanib qolgan muammolarni 2-3 yilda hal qiliş oson emas.
Hokim kadrlar rotatsiyasi haqida
— Agar rahbar bitta vazifada işlab kelayotgan va öşa vazifada xalq, rahbariyat işonçini qozonayotgan bölsa, uni çegaralamaslik kerak.
Şuhrat Abdurahmonov uçun sadoqatli va zamonaviy rahbar kim?
— Bunday kadrlar berilgan topşiriqni, qöyilgan vazifani soğliğini, vaqtini ayamasdan bajaradi, nomiga qilmaydi.
Şunday rahbarlar ham borki, vaqtini soatma-soat hisoblaydi, qöl uçida işlaydi.
Tanqidlar hokimning iş faoliyati va dunyoqaraşiga qançalik ta'sir ötkazadi?

— Tanqid – kelajak mevasi. Bugun heç qaysi rahbar qilayotgan işidan qoniqmasligi kerak.
Faoliyatim böyiça töğri bildiriladigan tanqidlarni 200 foiz töğri qabul qilaman.
Şuhrat Abdurahmonov murojaatçi ayollarning «esini kiritib qöygani», keskin savol bergan jurnalistlarni jazolaşi va Toşkentdan kelgan muxbir ham unga keskin savol berolmasligi böyiça aytgan fikrlari haqida
— Yuqorida aytdim, men 3ta davrda işlagan odamman. Odam birpasda u yoqqa yoki bu yoqqa özgarib ketişi uçun u xameleon bölişi kerak. Biz öz vaqtida qattiqqöllik bilan işlanadigan zamonlarni ham kördik. Hozir esa zamon bunday işlaşni kötarmayapti.
Yaqin davrlarda çiqayotgan audiolarni esa kimlardir bir sözni ikkinçisiga qöşib, montaj qilib çiqayotgani bor narsa.
Hamma joyda qonun bor. Men bugun murojaatçini falonçiga qama desam, uni qamab yuboravermaydi. Qonuniy çorasini köringlar, degan bölişimiz mumkin. Lekin şu sözlarga boşqalarini qöşib montaj qilingani bor gap.
Bu hujjatlar menda ham turibdi.
Bitta gap bilan bir kişining hamma işini yöqqa çiqariş kerak emas. Men jurnalist va blogerlarga har doim oçiqman. Ular töğri savol bilan murojaat qilsa, men ham javob berişga tayyorman.
Rahbarning kimligini xalqdan söraş kerak.
Intervyuning davomini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Ilyos Safarov suhbatlaşdi.
Tasvirçi: Otaxon Yusupov.











