Olmaota boş sanitar vraçi Jandarbek Bekşinning yangi qarorida 20 mart kuni imzolangan, hududda 28 mart kunigaça karantin joriy etiş haqidagi qaroriga qöşimça va özgarişlar kiritilib, karantin muddati uzaytirildi.

Unga köra, «qizil» hududda quyidagilarning faoliyat körsatişi taqiqlanadi:

  • Savdo-köngiloçar markazlari, savdo uylari, oziq-ovqat mahsulotlari sotilmaydigan dökonlar;
  • «Şimbuloq» toğ kurorti; «Medeu» katoki;
  • jamoat hammomlari, saunalar, SPA-markazlar, basseynlar; fitnes markazlar, sport va soğlomlaştiriş markazlari;
  • muzeylar, kutubxonalar, hayvonot boğlari, sirklar, bolalar va ösmirlar ta'lim markazlari;
  • kompyuter klublari, bilyardxonalar, boulinglar, tungi klublar, teatrlar, kinoteatrlar, konsert zallari.

Şuningdek, masjidlarda jamoaviy ibodat qiliş (juma namozlari va beş mahal namoz) töxtatilgan, boşqa diniy muassasalarda ham yiğinlar ötkazilmaydi. Ramazon oyi vaqtida iftorliklar taqiqlanadi - faqat oila davrasida oğiz oçiş qiliş mumkin. Dafn marosimlari faqat marhumning yaqinlari iştirokida, iştirokçilar soni ön nafardan oşiq bölmagan tartibda ötkazilişiga ruxsat berilgan.

Umumta'lim maktablari öquvçilari va oliy ta'lim muassasalari talabalari öqişni masofadan davom ettiradi.

Şaharlararo muntazam avtobus qatnovlari töxtatiladi, tomoşabinlar iştirokida sport musobaqalari ötkazilişi taqiqlanadi.

Çeklovlar quyidagilarning faoliyatiga ham ta'sir körsatadi: 

  • oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan bozorlar dam oliş kunlari işlamaydi, begim kunlari soat 17.00da yopiladi;
  • umumiy ovqatlaniş şoxobçalari faqat uyga yetkazib beriş va olib ketiş xizmatlari bilan işlaydi;
  • jamoat transporti (şahar içkarisida va şahar taşqarisiga marşrutlar) - dam oliş kunlari ştat jadvaliga muvofiq, ertalab soat 6.00dan 10.00gaça, keçqurun 17.00dan 22.00gaça işlaydi;
  • ofislar xodimlarining 80 foizi uydan işlaşga ötkaziladi, şahar hayoti uçun muhim bölgan taşkilotlar va obektlar işçilari bundan mustasno;
  • Aholiga xizmat körsatiş markazlari begim kunlari faqat 18.00gaça oçiq böladi;
  • gözallik salonlari xat bilan ogohlantirgan holda işlaydi va faqat soç oldiriş mumkin böladi.

Qaror 29 martdan kuçga kiradi.

Qozoğistonda kunlik kasallaniş körsatkiçlari kun sayin ösib bormoqda. 27 mart kuni mamlakatda 1596ta yangi holat qayd etilgan - bu bir kun oldingidan 100taga köp. Şundan eng köp holat Olmaotada aniqlangan - 510ta yangi holat. Keyingi örinda poytaxt Nursulton - 382ta yangi holat. 

Mamlakatda şu vaqtgaça 240 mingdan oşiq kişida kasallaniş holati qayd etilgan, 2980 kişi koronavirus qurboni bölgan, 216 mingdan ortiq bemor tuzalgan, hozirda 20 mingdan ortiq kişi kasallikdan davolanmoqda (aktiv keys).

Eslatib ötamiz, Qozoğiston poytaxti Nursultonda ham 18 martdan çeklov va karantin çoralari kuçaytirilgandi.