Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 1 aprel kuni aholi salomatligini saqlaş va koronavirusga qarşi kuraşiş borasida amalga oşirilayotgan işlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Kengaytirilgan yiğilişda barça vazirlar, qömitalar, viloyatlar hokimliklari iştirok etdi. Tadbirda Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov ham söz oldi.

«Majburiy tibbiy körikni taşkil qilişni yölga qöydik va 200 mingdan ortiq odamni körikdan ötkazdik. Köpçilik özini soğlom deb öylab yurgan odamlar ham nimalarga e'tibor berişlari lozimligini anglab yetişdi.

Oxirgi paytlarda xorijga operatsiyalar uçun köpçilik ketayotganini hisobga olib, Böston tumanidagi bitta kollej binosini ajratdik va zamonaviy klinika oçyapmiz. Unda yuz foiz hindistonlik şifokorlar iş boşlaydi va asta-sekin özimizning mutaxassislar ham örganişadi. U yerda eng murakkab kasalliklar davolanadi.

Yana bir jiddiy masala – yurakka stent qöyiş operatsiyalari uçun Andijon xalqi Toşkentga borardi. Hozir bu amaliyotni viloyatimizda ham yölga qöydik. Andijon tibbiyot institutida faoliyat olib borayotgan 132 nafar professorlarimizni hududlarga biriktirdik. Asosiy e'tiborni kasalliklarning oldini olişga qaratilyapti.

Bugungi bölayotgan mavzuni tibbiyotning temir daftari deb atasak böladi», deya Andijon viloyati hokimining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident viloyatdagi yuqori kurs talabalarini amaliyotga jalb etiş kerakligini qöşimça qildi.

«Albatta, bu juda jiddiy muammo. Qoğozda juda zör, lekin uyma-uy yursak odamlar noroziligini anglaymiz. Men qaysi viloyatga borsam darrov hamma uylarga kirib qoladi.

Bunaqada tartib böladimi? Xalqimiz rozi böladimi? Beçora odamlarimiz kasal bölsa malakali yordam ololmayapti. Andijon tibbiyot instituti yuqori kurs talabalarini amaliyotga kengroq jalb qilişimiz kerak», – dedi prezident.