Soğliqni saqlaş vazirligi 1 aprel kuni Özbekistonning 10 hududida jami 189 kişida koronavirus qayd etilgani haqida xabar berdi. 

«2021 yil 1 aprel holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83239 (+189) nafarni taşkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallaniş holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpoğiston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 10 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farğona viloyatida,
  • 24 nafari Toşkent viloyatida,
  • 142 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Keça kun davomida:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasida 1 nafar,
  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Toşkent viloyatida 17 nafar,
  • Toşkent şahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan soğayganlar jami 81303 (+168) nafarga yetdi va soğayiş körsatkiçi 98 foizni taşkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1306 nafar bemor davolanmoqda, şundan 209 nafari oğir, 94 nafari esa öta oğir ahvolda.