2021 yilning 22 mart kuni soat 13:00larda 24 yoşli Zohidjon Ğ. öz boşqaruvida bölgan “Matiz” rusumli avtomaşinasida Toşkent viloyati Parkent tumani Qayilma hududidan ötuvçi Parkent-Yangibozor çorrahasida “Spark” rusumli avtomaşinada harakatlanib kelayotgan 26 yoşli Tohirjon Ğ.ning yölini tösgan va avtomaşinadan tuşib, uni heç bir sababsiz urib döpposlagan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, sud-tibbiy ekspertiza xulosasida Tohirjon Ğ. yengil turdagi tan jarohatlari olgani körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Zohidjon Ğ.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.    

Tergov harakatlari davomida, Zohidjon Ğ. Tohirjon Ğ. bilan taksi yönalişida yöl talaşganliklari natijasida uşbu jinoyat kelib çiqqani aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda.