7-sentabrdan Parkent-Toşkent-Parkent yönalişida şaharlararo elektropoyezd qatnovi yölga qöyildi. Bu haqda “Özbekiston temir yöllari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 2025-yil yanvar oyida boşlangan “Baytqörğon – Parkent” temiryöl liniyasi qurilişi yakunlangan. Loyiha doirasida uzunligi 24 km bölgan elektrlaştirilgan temiryöl, 3 dona temir-beton köprik, 1 dona avtomobil yöl ötkazgiç, 76 dona suv ötkaziş inşooti hamda 16 dona avtomobil yöli va temiryöli kesişmasi barpo etilgan. Şuningdek, 50 örinli “Parkent” temiryöl bekati qurilgan.

Elektropoyezdda 586 ta örin bölib, 1154 tagaça yölovçi taşiş imkoni bor.

photo_2026-09-07_12-46-10

Çiptalar narxi kattalar uçun 10 ming sömgaça, 10 yoşgaça bölgan bolalarga 6,5 ming söm qilib belgilangan. Yölovçilar manzilga 50 daqiqada yetib borişlari mumkin.

Mazkur yirik loyiha Parkent tumanining turistik salohiyatini oşirişga ham xizmat qilişi kutilmoqda.